Ilonli ota masjidi — 1993-yil (eski nomi Boʻrijar masjidi, hozirgi nomi Ubay ibn Kaʼb)

Ubay Ibn ka'b masjidi

Masjid 1992-yildan boshlab, 1993-yilda Hashar yoʻli bilan qurilgan. 2018-yilda esa masjid qayta taʼmirlandi. Ilgari bu masjid „Boʻrijar“ jome masjidi deb nomlangan. 2019-yil 15-martdan eʼtiboran mashhur sahoba Ubay ibn Kaʼb Roziyalloh Anhuning nomlari berilib „Ubay Ibn Kaʼb“ jome masjidi deb nomlana boshladi.

Tarixi

tahrir

Masjid binosi besh yuz yillik tarixga ega. „Ilonli ota“ qabristoni tarixi haqida aniq maʼlumotlar saqlanib qolmagan (Masjid yonida qabriston joylashgan). Faqatgina, xalq orasida u zot avliyo boʻlganliklari va qabriston tepaligini ilonlardan qutqarganlari haqida gaplar bor.[1]

Aytilishicha, Boʻrijar mahallasida joylashgan ushbu masjid yonida qabriston boʻlgan. Juda katta ilonlar masjid qurilishidan oldin bu yerlarda juda koʻp yashaganligi sababli ushbu nom berilgan. Boʻrijar nomi berilishi sababi esa bu hududda juda koʻplab jarlar, tepalilkar joylashganidan. 1963- yıllardan bu hududda qurilish ishlari boshlangach yoʻllar qurila boshlagan, aholi yashash manzilgohiga aylantirila boshlagan.

Masjidning hozirgi nomi Ubay ibn Kaʼb, asli Madinalik sahoba sharafiga atab qoʻyilgan. U kotib boʻlgan va hayotlik davrida 164 ta hadis rivoyat qilgan. Uni ''Qorilar sultoni'' deb ham atashgan.

Umumiy sigʻimi

tahrir

Ushbu masjid 3000 kishini sigʻdira oladi.

Manzil

tahrir

Chilonzor 20-kvartal kichik tuman, 35/6, Toshkent[2]

Havolalar

tahrir