Ilya Kim
Ilya Kim (1928-yil 4-mart, Vladivostok okrugi, Olgin tumani Dongou qishlogʻi – 2000-yil 20-iyul, Oʻzbekiston, Quyi Chirchiq tumani) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani, Budyonniy nomidagi kolxoz aʼzosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949)[1].
Ilya Kim | |
---|---|
Tavalludi |
4-mart 1928-yil Vladivostok okrugi, Olgin tumani Dongou qishlogʻi |
Vafoti |
20-iyul 2000-yil (72 yoshda) Toshkent viloyati, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirIlya Kim 1928-yilda Vladivostok okrugi, Olgin tumani, Dongou qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1937-yilda ota-onasi bilan birga Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilinadi. U mehnat faoliyatini 13 yoshida boshlagan. 1941-yildan oddiy kolxozchi, Quyi Chirchiq tumani, Budyonniy kolxozida sholichilik boshligʻi boʻlgan. Ilya Kim 1948-yilda yetti yillik kechki maktabni tamomlagan
1948-yilda Ilya Kim brigadasi 5 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 84,2 sentnerdan sholi oladi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1949-yil 18-maydagi farmoni bilan u Lenin ordeni va "Oʻroq va „Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[2].
Ilya Kim Moskvadagi Xalq xoʻjaligi yutuqlari Butunittifoq koʻrgazmasida bir necha bor qatnashgan va sovrindor boʻlgan.
1953-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikumini tamomlagach, Quyi Chirchiq tumani 1-MTS agronomi boʻlib ishladi. 1955-yildan Quyi Chirchiq tumani Budyonniy nomidagi kolxozda dalachi, agronom, brigadir, 1960-yildan Quyi Chirchiq tumani, Lenin nomidagi kolxozda agronom-entomolog boʻlgan. 1962-yildan Quyi Chirchiq tumanidagi „Kommunizm tongi“ kolxozida brigadir boʻlgan.
U 1988-yilda nafaqaga chiqqunga qadar „Kommunizm tongi“ kolxozida ishladi.
2000-yil iyul oyida Quyi Chirchiq tumanida vafot etgan.
Mukofotlari
tahrir- Sotsialistik Mehnat Qahramoni[3]
- Lenin ordeni
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1972)
- 3-darajali "Mehnat shuhrati" ordeni
- „Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan“ medali
Adabiyotlar
tahrir- Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
- З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
- Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
- Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
- Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999
Manbalar
tahrir- ↑ Видео-Энциклопедия корё сарам. Герой Социалистического Труда Ким Илья YouTubeda
- ↑ „Список Героев Социалистического Труда (Квакуша...)“. www.infoteach.ru. Qaraldi: 18-noyabr 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Список Героев Социалистического Труда“. www.dic.academic.ru. Qaraldi: 18-noyabr 2023-yil.