Ilya Lvovich Slonim (1906-yil 24-oktyabr, Toshkent – 1973-yil 28-oktyabr, Moskva) – sovet haykaltaroshi.

Ilya Slonim
Tavalludi 24-oktyabr 1906-yil
Toshkent, Turkiston, Rossiya imperiyasi
Vafoti 28-oktyabr 1973-yil
28-oktyabr 1973-yil
Millati SSSR bayrogʻi SSSR

Biografiyasi tahrir

Ilya Lvovich 1906-yilda Toshkent shahrida kon muhandisi, neft instituti aspiranti, keyinchalik professori Lev Ilich Slonim (1883–1945) va Anna Grigoryevna Slonim (1887–1954) oilasida tavallud topgan[1]. 1921-yilda oilasi Moskvaga koʻchib oʻtgan. Ota-onasi yozuvchi Isaak Babelning yaqin doʻstlari va uzoq yillik muxbiri boʻlgan. Yozuvchi ham bir muncha vaqt Slonimlarning uyida ijarada yashagan. Slonimlarning uyida Babelning „Yevreyka“ hikoyasi saqlab qolingan (1989-yilda vafotidan keyin nashr etilgan)[2]. Lev Ilich qator ilmiy ishlar, „Osnovi neftepromislovoy elektrifikatsiya“ darsligi (1946), „Elektrifikatsiya amerikanskoy neftyanoy promishlennosti“ (1927) monografiyasi muallifi edi.

Ilya Lvovich 1924–1929-yillarda VXUTEMAS-VXUTEINda I. S. Efimov va I. M. Chaykovlar rahbarligida tahsil olgan.

Ilya 1931-yilda Rossiya haykaltaroshlar jamiyatiga nomzod boʻldi. U portret janrida koʻp ishlagan. 1934–1935-yillarda Konakovodagi ZIKda faoliyat olib borgan[3] va 1950-yillarda yogʻoch va marmar kabi materiallar bilan ishlay boshlagan. Slonim 1970-yillarning boshlarida kompozitsion haykaltaroshlik bilan shugʻullanib, qadimgi mifologiya mavzularida bir qator asarlar taqdim etdi[4]. Ilya Slonimning soʻnggi asarlari orasida memorial haykaltaroshlik asarlari bor. Shuningdek qabr toshlari va SSSRning taniqli kishilariga yodgorlik taxtalari yasagan.

Slonim 1973-yil 28-oktyabrda Moskvada vafot etgan.

Oilasi tahrir

Ilya Lvovich SSSR tashqi ishlar xalq komissari Maksim Litvinovning qizi Tatyana Litvinova bilan oila qurgan[5], ularning ikki nafar qizi bor[6].

Qizi Mariya (1945-yil, Moskva) jurnalist va radio boshlovchisi hamda pedagog. 1974-yildan AQShda, 2015-yildan Londonda istiqomat qiladi.

2-qizi Vera (1948) huquq himoyachisi va nashriyotchi. U Valeriy Chalidzening rafiqasi.

Ilyaning togʻalari (otasining aka-ukalari) Moisey Ilich Slonim (1875–1945) jarroh va tibbiy olim hamda tibbiyot fanlari doktori boʻlgan. Solomon Ilich Slonim (1879–1928) rentgenolog va fizioterapevt, tibbiyot fanlari doktori boʻlgan.

Uning amakivachchasi Yudif Moiseyevna Slonim, astronom.

Manbalar tahrir