Ilyos Baxshish
Ilyos Temir-Kaya (Temirovich) Baxshish (1912, Simferopol — 2000-yil 22-iyul) — sovet qrim-tatar bastakori, musiqachi. Qrim ASSRda xizmat koʻrsatgan san’at arbobi (1940), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1967), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1973), Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (1993), Qrimda xizmat koʻrsatgan artist (2000).
Tarjimai hol
tahrirIlyos Temirovich 1912-yilda Simferopolda tugʻilgan. Simferopol Qrim-tatar namunali 9 yillik 13-sonli maktabni tamomlagan[1]. 1920-yilda u Moskvada muhandislik-kommunal xoʻjaligi instituti va Qozonda tahsil olgan[2][3]. 1934-yilda Simferopol musiqa kollejiga (professor I.I.Chernov rahbarligida) oʻqishga kirdi. Talabalik davrida u Qrim radiosida diktorlik qiladi. Ushbu bilim yurtini tugatgach (1937) radiokomitetga bosh musiqa muharriri etib tayinlandi. U 1937-yilda Simferopolga Qrim davlat tatar opera va balet teatrini tashkil etish uchun kelgan bastakor L.Knipper bilan hamkorlik qildi. Ilyos Baxshish shu yili Qrim ASSRning yangi tashkil etilgan musiqa jamgʻarmasining raisi boʻldi, bu dargoh 1940-yilda Qrim kompozitorlari uyushmasiga aylantirildi va unga yana Baxshish rahbarlik qildi[3]. Shu bilan birga u Qrim tatarlarining Qrim davlat qoʻshiq va raqs ansambli badiiy rahbari boʻlib ham faoliyat yuritdi.
Urushdan oldingi yillarda u asosan qoʻshiq bilan shugʻullangan, teatr tomoshalariga musiqa yozgan. Simferopol nemislar tomonidan bosib olingandan soʻng, ansambl tarkibida u Perekopdagi oldingi harbiy qismlarda va Janubiy qirgʻoqdagi nemis harbiy kasalxonalarida konsertlar uyushtirgan, Qrim-tatar teatrining musiqiy qismini boshqargan. Baxshish 1942—1943-yillarda teatrdagi barcha musiqiy spektakllarni sahnalashtirgan[2]. 1943-yil oxirida bir guruh teatr san’atkorlari bilan birga u Qrimdan Ruminiyaga Ostarbayter sifatida olib ketildi. Keyinchalik 1945-yilda Ilyos vataniga qaytgach, uni uran konlariga hamkasblari bilan Tojikistonga surgun qilingan. Biroq, Kalininga yozgan shaxsiy maktubi musiqachini xavfli vaziyatdan qutqaradi va koʻp oʻtmay Baxshish musiqaga qaytadi[2]. 1956-yilgacha Fargʻona oʻzbek va rus teatrlarida musiqa boʻlim boshligʻi boʻlib ishladi[2].
1957-yilda Toshkentda Baxshish qrim-tatarlarining “Xaytarma” ansamblini tuzadi, uning ishtirokchilari Oʻrta Osiyoga surgun qilingan vatandoshlar edi. Bastakor qrim-tatar simfonik musiqasi rivojiga katta hissa qoʻshadi. Xususan, 1970-yillarda simfonik orkestr uchun “Qrim-tatar xalq kuylari besh usuli”, “Tatar rapsodiyasi”, “Vatan turkyusi” (“Vatan qoʻshigʻi”) musiqiy syuitasini yaratdi. 1989-yilda Baxshish oʻz vataniga qaytib, Qrim-tatar drama teatrini qayta tiklashda faol ishtirok etadi va 1994-yilgacha uning badiiy rahbari boʻlgan.
2000-yil 7-avgustda bastakor vafotidan keyin „Faxriy qrimchi“ unvoni bilan taqdirlandi[4].
Oilasi
tahrirBaxshish 1940-yilda Simferopoldagi Jukovskiy koʻchasi, Mutaxassislar uyida yashagan. Rafiqasi Esma, qizlari Elzara (1937-yilda tugʻilgan) va Laylo (1940-yilda tugʻilgan). Surgun vaqtida oʻgʻli Iskandar va qizi Gulnora[2] dunyoga keladi.
Mukofot va unvonlar
tahrir- Qrim ASSRda xizmat koʻrsatgan san’at arbobi (1940-yilda)
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1967-yilda)
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1973-yilda)
- Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (1993-yilda)
- “Qrim-tatar xalq qoʻshiqlari” xalq ogʻzaki toʻplami uchun (toʻplam va tuzilma)[5] Qrim Avtonom Respublikasi Davlat mukofoti (1994-yilda)
- Faxriy qrimchi (2000-yilda)
Manbalar
tahrir- ↑ Абдульвапов Н. „Крымскотатарская образцово-показательная школа № 13“, . Свод памятников истории, архитектуры и культуры крымских татар. Белгород: КОНСТАНТА, 2018 — 182-bet. ISBN 978-5-906952-68-4.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Абдульвапов Н. „Дом специалистов, в котором в 1930–1940-е гг. жил ряд выдающихся крымскотатарских государственных и культурных деятелей“, . Свод памятников истории, архитектуры и культуры крымских татар. Белгород: КОНСТАНТА, 2018 — 364—365-bet. ISBN 978-5-906952-68-4.
- ↑ 3,0 3,1 Абдульвапов Н., Бекиров С. „Дворец Труда, в котором в 1930–1936 гг. располагался Крымский областной радиокомитет“, . Свод памятников истории, архитектуры и культуры крымских татар. Белгород: КОНСТАНТА, 2018 — 272-bet. ISBN 978-5-906952-68-4.
- ↑ О присвоении звания "Почетный крымчанин" Бакшишеву (Бахшишу) И.Т. (посмертно)
- ↑ О присуждении государственных премий Республики Крым за 1994 год