Imgur (talaffuzi: imeyjer[1]) online tasvir hostingi xizmati boʻlib, 2009-yili Athens, Ohio shahrida Alan Schaaf tomonidan ochilgan. Imgur kuniga millionlab foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatadi.[2] Xizmat xarajatlarni qoplash va foyda qilish uchun reklama, pro-hisoblar, tijoriy hosting va merchendayzing sotadi.[3] Imgur haqida redditda 2009-yil fevralida eslatilganidan[4] keyin shuhrati tezlik bilan balandlab ketdi.[5]

imgur
Tijoratmi Ha
Sayt turi Tasvir hostingi
Roʻyxatdan oʻtish majburiy emas
Qaysi tillarda Inglizcha
Muassisi Imgur, LLC
Ochilgan sanasi 23-fevral, 2009
URL http://imgur.com/

2011-yil yanvarida sayt egasi Imgur, LLC kompaniyasi San Fransiskoga koʻchdi.[6] Hozirda unda 10 xodim ishlamoqda.[7] Imgur 2012-yili TechCrunch taʼsis etgan Crunchie mukofotini oldi.[8]

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir