Iminjon Qodirov (1916—1976-yillarda yashab oʻtgan) — sovet davlat va siyosat arbobi. Olim, pedagogika fanlari doktori, professor, SSSR Pedagogika fanlari akademiyasi muxbir aʼzosi.

Iminjon Qodirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-dekabr 1916-yil
О‘sh, Qirgʻiziston
Vafoti 11-iyun 1976-yil (59 yosh)
Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Iminjon Qodirov 1916-yilda Oʻsh shahrida tugʻilgan. 1943-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Qodirov 1937-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1937-1976-yillarda maktab va pedagogika bilim yurtida oʻqituvchi, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Namangan shahridagi maktab direktori, KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi)ning Namangan shahar komiteti va viloyat qoʻmitasi masʼul xodimi vazifalarida mehnat qilgan. Shuningdek, Iminjon Qodirov Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi xodimi, Oʻzbekiston SSR Taʼlim vaziri, Oʻzbekiston SSR Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

Qodirov Iminjon Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 4- va 6-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Olim, pedagogika fanlari doktori, professor Iminjon Qodirov 1976-yilda Toshkentda vafot etgan.

Havolalar

tahrir
  • OʻzSE — 1979. — T. 12. — S. 145.