Imom al-Buxoriy masjidi (Zangiota)
Imom al-Buxoriy masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1]. Imom al-Buxoriy jome masjidi nomi bilan nafaqat Respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida, balki, musulmon boshqa davlatlarda ham faoliyat yuritadigan boshqa masjidlar ham mavjud.
Masjid | |
Imom al-Buxoriy jome masjidi
Imom al-Buxoriy | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Qurbonali domla Yodgorov |
Gumbazlar soni | 5 |
Gumbazlar soni | 5 |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirImom al-Buxoriy jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Gagarin nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Mirzo Ulugʻbek shox koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Qurbonali domla Yodgorov hisoblanadi. Masjidga Mirzo Ulugʻbek shox koʻchasiga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinidan, Gagarin qishloq fuqarolar yigʻidagi mahallalarda, Oʻzbekiston mahalla fuqarolar yigʻini koʻchalardan, guzarlardan, ovullardan va qishloqlardan ziyoratchilar, mehmonlar, mahalliy aholi vakillari, musofirlar tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi.
Tarixi
tahrirImom al-Buxoriy jome masjidi binosi bir necha yillar avval xalq hashar yoʻli bilan mahalliy aholi vakillari, homiylar, tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 3000 nafardan ziyod boʻlgan namozxonlarni va ziyorachilarni sigʻdira oladigan zamonaviy binoga ega. Masjid nomi mahalliy aholi vakillarining taklifiga bilan islom dini tarixining eng buyuk namoyondasi hisoblangan, ulkan salohiyat va bilim egasi boʻlgan zotlardan biri, ulugʻ bobomiz – „Imom al-Buxoriy“ ismi bilan nom berilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „ИМОМ АЛ-БУХОРИЙ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Imom al-Buxoriy jome’ masjidi“. www.cartogiraffe.com. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Зангиота тумани “Аммор ибн Ёсир” жоме масжиди“. fitrat.uz. fitrat.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.