Imomzoda Jaʼfar maqbarasi

(Imomzoda Jafar maqbarasidan yoʻnaltirildi)

Imomzoda Jaʼfar maqbarasi Eronning Luriston ustonida joylashgan boʻlib, ushbu maqbara Burujard shahridagi eng qadimiy imoratlardandir. Maqbara devoriga yozilgan bitiklar, asosan, maqbarada shialarning yettinchi imomi Imom Muso Kozimning farzandi Jaʼfar dafn etilgan. Imomzoda Jaʼfar maqbarasi Eron g‘arbidagi eʼtiborga loyiq islomiy inshootlardan biridir. Maqbara gumbazi ming yil avval, Saljuqiylar davrida qurilgan. Bunday gumbazlar Eron g‘arbida kam uchraydi, aksincha, Eronning janubida, ayniqsa, Xuzistonda bu kabi gumbazlardan ko‘pini uchratish mumkin[1].

Manbalar tahrir

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 241 bet. ISBN 978-600-9675-31-3.