Imperativ mandat – bu qoidaga koʻra hokimiyat vakillik organining deputati saylovchilar nakazlari bilan bogʻlangan hamda oʻzining butun faoliyatida ular oldida javobgar boʻlishi bilan birga saylovchilar ishonchini oqlamagan deputatni muddatidan oldin chaqirib olish mumkinligi qonunchilik bilan mustahkamlangan boʻladi [1]. Imperativ mandatdan sotsialistik deb atalmish mamlakatlarda shuningdek qator boshqa totalitar davlatlarda keng foydalanilib kelinadi. Imperativ mandat demokratik davlatlarda qonunga koʻra taqiqlab qoʻyilgan, chunki u milliy vakillik prinsiplariga zid hisoblanadi. Bunda Germaniya Federativ Respublikasi parlamenti palatalaridan biri – saylovchilar emas, balki federatsiya oʻlkalari hukumatlari tomonidan shakllantiriladigan, deputatlar oʻz hukumatlari yoʻriqlarini amalga oshirishlari shart boʻlagan bundestagda imperativ mandatning mavjudligi mustasnolardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida ham saylovlarda qonunchilikka koʻra imperativ mandat qoʻllanilishini kuzatish mumkin.

Manbalar

tahrir
  1. Toychiyev, N., ed (2009). "Imperativ mandat". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti. p. 208.