Incheon Milliy Universiteti (INU) — ilgari Incheon Universiteti (UI) nomi bilan ham tanilgan davlat universitetdir. INU dunyodagi eng innovatsion universitetlardan biri sifatida eʼtirof etilgan boʻlib, dunyoda 18-oʻrinni egallagan va Janubiy Koreya WURI-2023 reytingida Seul Milliy Universitetidan keyin 2-oʻrinni egallagan.

Incheon milliy universiteti
Asl nomi 인천대학교 (仁川大學校)
Asos solingan 1979
Oʻquv yurti turi davlat
Rektori Park Jongtae
Fakultetlar 495 (2020)
Bakalavriat 11,776 (2020)
Magistratura 1,434 (2020)
Manzili Yeonsu-gu,Incheon,Janubiy Koreya
Vebsayti inu.ac.kr/mbshome/mbs/inueng/index.do

Koordinatalari: 37°22′32.210003999988″N 126°37′59.919995999978″E / 37.37561388999999679°N 126.63331110999999396°E / 37.37561388999999679; 126.63331110999999396 G O

Tarixi tahrir

INU birinchi marta 1979-yil yanvar oyida Sunin akademiyasining bir qismi sifatida Incheon texnik kolleji nomi bilan xususiy kollej sifatida tashkil etilgan. 1979 -il dekabr oyida nomi Incheon kollejiga oʻzgartirildi. 1994-yilda shahar kengashi tomonida moliyalashtiriladigan universitetga aylandi. INU 2009-yilda Songdodagi yangi joyga koʻchirildi. 2009- yil fevral oyida Incheon koreys tilini oʻrganish instituti ochildi. Shuningdek, 2009-yil iyul oyida Sondgo kampusi (Asosiy kampus) qurilishi yakunlandi. 2010-yilda universitet Incheon City kolleji bilan birlashtirildi. Natijada koʻplab yangi boʻlimlar ochilib, talabalar qabul qilish kvotasi koʻpaydi. 2013-yil fevral oyida universitet nomi Incheon milliy universiteti deb oʻzgartirildi. Universitet tarixi davomida hukumat erkinligiga, ichki va tashqi siyosiy bosim taʼsiriga qarshilik koʻrsatgan,Janubiy Koreyadagi yirik taʼlim muassasalarini demokratlashtirishning timsoli sifatida qaraladi.[1].

Reytingi tahrir

2022 yilgi JoongAng Ilbo universiteti reytingida Koreyadagi 4-milliy universitet [2].

2022 yilgi JoongAng Ilbo universiteti reytingida startap yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 3-oʻrin [3].

Dunyodagi eng innovatsion universitetlar orasida 18-oʻrin[4]. 2023-yilgi WURI reytingida Janubiy Koreyada 2-oʻrinda[5].

Xalqaro aloqalar boshqarmasi va koreys tili instituti tahrir

Xalqaro aloqalar boshqarmasi talabalar almashinuvi dasturi, qisqa muddatli til oʻqitish dasturlari orqali butun dunyo universitetlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyib, universitetni jahon miqiyosida tanitish imkoniyatini beradi. Koreys tili dasturi chet elliklar va xorijdagi koreys talabalarga koreys tilini oʻrgatish maqsadida tashkil etilgan. Incheon koreys tilini oʻrganish instituti nutq, tinglash, oʻqish va yozish kabi til qobiliyatlariga eʼtibor qaratadi va koreys tili bilan birgalikda koreys tarixi, madaniyatini oʻrganish imkonini beradi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir