Ingalyatsion anestetiklar
Ushbu sahifani Anesteziyalovchi moddalar bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Umumiy anestetiklar organizmga yuborilish yoʻllariga qarab ingalyatsion va noingalyatsion guruhlarga ajratiladi. Hozirgi kunda keng qoʻllaniladigan ingalyatsion anestetiklarga azot oksidi, efir, ftorotan (narkotan), metoksifluran, trilenlar kiradi. Xloroform, xloretil, siklopropan kabi preparatlar klinika sharoitlarida anestetik oʻrnida ishlatilmaydi.
Azot oksidi
tahrirAzot oksidi — rangsiz, hidsiz va chuchukroq mazali gaz. Azot oksidi 36,5 °C dan past haroratda suyuqlikka aylanadi. 1 kg suyuq holdagi azot oksididan 500 litr gaz hosil boʻladi. Azot oksidi "shodlantiruvchi gaz" ham deyiladi. Azot oksidi suvda, qonda va toʻqima suyuqliklarida yaxshi eriydi. Organizmdan oʻzgarmagan holda nafas yoʻllari orqali chiqariladi. Azot oksidi kulrangli poʻlat ballonda suyuq holda chiqariladi, uning gaz qismi bosimi 50 atm atrofida boʻladi. Azot oksidi umumiy anesteziyaning tarkibiy qismi shaklida analgetiklar, relaksantlar, neyroleptiklar va boshqa anestetiklar bilan birga ishlatiladi. Azot oksidi faqat kislorod bilangina ingalyatsiya qilinishi mumkin. Aralashmaning tarkibida kislorod hajmi 20 foizdan kam boʻlmasligi kerak. Azot oksidining anestetik quvvati kam boʻlganligidan eng yuqori konsentratsiyada (80 foiz azot oksidi va 20 foiz kislorod aralashmasi) ham faqat analgeziya hosil qiladi xolos. Azot oksidi alangalanmaydi va portlamaydi, azot oksidi analgeziyasiga kirish va uygʻonish davri qisqa, koʻngil behushligi va qusishga sabab boʻladi, nafas yoʻllariga qitiqlovchi taʼsir koʻrsatmaydi. Azot oksidi kuchsiz anestetik, mushaklar relaksatsiyasini taʼminlay olmaydi, diffuzion gipoksiyaga olib kelish xususiyatiga ega, uzoq vaqt ishlatilganda suyak koʻmigi faoliyatida depressiya qoʻzgʻatadi.[1]
Metoksifluran
tahrirMetoksifluran (pentran). Rangsiz, tiniq va oʻziga xos hidli suyuqlik. Sekin bugʻlanuvchan, yuqori darajada yerlarda eruvchan, anestetikning organizmdan chiqarilishi koʻp kunlar davom etadi. Metoksifluran alangalanmaydi va portlamaydi, ingalyatsiya paytida bemor noxushlik sezmaydi, bronxlar va ovoz paylari faoliyatiga taʼsir etmaydi. Metoksifluran analgeziyadan tashqari mushaklar relaksatsiyasini ham taʼminlaydi. Anestetik oddiy bugʻlatgichlar yordamida ingalyatsiya qilinishi mumkin, yurak ritmiga taʼsir koʻrsatmaydi. Metoksifluran anesteziyasiga kirish va undan uygʻonish uzoq vaqt talab qiladi va sezilarli qoʻzgʻalish bilan oʻtadi. Anesteziya mobaynida nafas faoliyatining depressiyasi roʻy beradi va sunʼiy oʻpka ventilyatsiyasi oʻtkazilishi talab qilinadi. Metoksifluran arterial gipotoniyaga, jigar va buyrakning jarohatlanishiga olib keladi.[2]
Trilen
tahrirTrilen (trixloretilen, narkogen). Rangsiz, tiniq va oʻziga xos hidli suyuqlik. Trilen havo va yorugʻlik taʼsirida parchalanib, fosgen va galogen tarkibli kislota hosil qiladi. Bu holatda trilen binafsha tusga kiradi. Anestetik qoramtir shisha idishda saqlanganda parchalanmaydi. Trilen kuchli anestetik boʻlib, asosan kombinatsion anesteziyada foydalaniladi. Monoanestetik sifatida ishlatilganda, uning konsentratsiyasi 1,5 hajm foizdan oshmasligi kerak. Trilen kuchli analgetik samaraga ega. Ingalyatsiya paytida noxush sezgilar yuzaga kelmaydi.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ Oripov. Ingalyatsion anestetiklar, 2, Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008 — 190-191-bet. ISBN 978-9943-08-238-0.
- ↑ 2,0 2,1 Azizova. Gazli moddalar. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006 — 121-122-bet. ISBN 978-9943-08-025-6.