Bosh menuni ochish

Ingliz tili grammatikasi

Jamoliddin Boʻronov, Muattar Boʻronova hamda Muborak Toshboyeva qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob

„Ingliz tili grammatikasi“Jamoliddin Boʻronov, Muattar Boʻronova hamda Muborak Toshboyeva qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha spravochnik. 1978-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan. Asar pedagogik institutlarning 2-3-bosqich talabalariga moʻljallangan.

Ingliz tili grammatikasi
Muallif Jamoliddin Boʻronov
Muattar Boʻronova
Muborak Toshboyeva
Janr grammatika
Til oʻzbek
Nashriyot „Oʻqituvchi“
Nashr etilgan 1978
Sahifalar soni 220

Spravochnikda ingliz tilining grammatik sistemasi qisqacha tushuntirish matnlari va muayyan grammatik jadvallar yordamida mujassamlashtirilgan holda bayon qilingan. Asar asosan soʻz turkumlari va ularning gapda ishlatilishiga bagʻishlangan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: T. Joʻrayev – muharrir, N. Vasilkin – rassom, P. Brodskiy – badiiy muharrir, E. Vildanov, T. Zolotilova – texnik muharrirlar, D. Abdullayeva – musahhih. Kitob adadi – 9 000 nusxa.