Ingrid Larsen
Ingrid Larsen (1909-yil 1-iyul — 1990-yil 25-fevral) daniyalik ayol shaxmatchi, ayol xalqaro usta (WIM, 1950) unvoniga ega. U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Daniya chempionatida oʻn yetti karra gʻolib boʻlgan.
Ingrid Larsen | |
---|---|
Larsen 1957-yilda | |
Mamlakat | Daniya |
Tugʻilishi | 1-iyul 1909-yil |
Vafoti |
25-fevral 1990-yil (80 yoshda) |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Hayoti
tahrirIngrid Larsen 1909-yil 1-iyulda Daniyada tugʻilgan. U Daniya ayollar chempionatida koʻp bora gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Daniya terma jamoasi safida ham dona surgan va bir qator muvafaqqiyatli yurishlarni amalga oshirgan.
Shaxmatdagi faoliyati
tahrir1930-yillarning oxiridan 1980-yillarning boshigacha Ingrid Larsen Daniyadagi yetakchi shaxmatchilardan biri edi. U oʻn yetti marta Daniya ayollar chempionatlarida gʻolib boʻlgan, jumladan: 1936, 1937, 1938, 1939, 1943, 1944, 1945, 1946, 1948, 1949, 1953, 1956, 1957, 1960, 1965, 1969 va 1983-yillardagi musobalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib doimiy ravishda birinchilikni qoʻlga kirtib kelgan. Ushbu muvaffaqiyatli oʻyinlari tufayli ham u koʻplab daniyalik shaxmatchi qizlarning asosiy qahramoni (kumiri) ga aylangan. Hozirga qadar hech kim hali u singari bu qadar koʻp marotaba Daniya chempionligini qoʻlga kiritgan emas.
Ingrid Larsen uch marta shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan va quyidagi natijalarni qayd etgan:
- 1937-yilda Stokgolmda oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida 21-22-oʻrinlarga loyiq koʻrildi;
- 1939-yilda Buenos-Ayresda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida 11-oʻrinni egalladi;[1]
- 1950-yilda Moskvada shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida 15-oʻringa davogarlik qildi.[2]
Shuningdek, Ingrid Larsen Daniya terma jamoasida ayollar shaxmat olimpiadalarida ham faol ishtirok etgan va quyidagi koʻrsatkichlarga erishgan:[3]
- 1957-yilda Emmen shahrida boʻlib oʻtgan 1-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasida) birinchi oʻrinni egalladi (+5, =2, −4),
- 1966-yilda Oberxauzendagi 3-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasida) birinchi bortda oʻynadi (+1, =5, −7),
- 1969-yilda Lyublindagi 4-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasida) ikkinchi taxtada oʻynadi (+0, =5, −6),
- 1976-yilda Hayfa shahrida oʻtkazilgan 7-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasida) uchinchi oʻrinni egalladi (+4, =4, −4),
- 1978-yilda Buenos-Ayresdagi 8-shaxmat Olimpiadasida (ayollar toifasida) uchinchi oʻrinni egalladi (+6, =3, −5),
- 1980-yilda Valetta shahridagi 9-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasida) birinchi zaxira taxtasida dona surdi (+1, =3, −6).
1950-yilda Ingrid Larsen FIDE ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi.
Vafoti
tahrirIngrid Larsen 1990-yil 25-fevralda 80 yoshida vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „1927-39 Title Tournaments : World Chess Championship (women)“. www.mark-weeks.com.
- ↑ „1949-50 Title Tournament : World Chess Championship (women)“. www.mark-weeks.com.
- ↑ Bartelski. „OlimpBase :: Women's Chess Olympiads :: Ingrid Larsen“. www.olimpbase.org.