Inkassa boʻyicha hisob-kitoblar
Inkasso boʻyicha hisob-kitoblar — Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 804-moddasiga asosan, inkasso boʻyicha hisob-kitob qilinganida mijoz oʻz bankiga pul toʻlovchidan qabul qilish haqida topshiriqnoma yuborishi nazarda tutiladi [1] . Inkasso topshirigʻini olgan bank-emitent uni bajarish uchun boshqa bankni jalb qilishga haqli deb qaraladi. Inkasso boʻyicha hisob-kitobni amalga oshirish tartibi qonun hujjatkari bilan va bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlari bilan boshqariladi. Mijozning topshirigʻi bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan taqdirda, bank-emitent uning oldida Oʻzbeksiton Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-bobida nazarda tutilgan asoslarga koʻra va miqdorda javobgar boʻlishini nazarda tutadi. Agar ijrochi bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarinj amalga oshirish qoidalari buzilganligi munosabati bilan mijozning topshirigʻi bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan boʻlsa, mijoz oldidagi javobgarlik ushbu bank zimmasiga yuklatilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 805-moddasiga binoan, biron-bir hujjat boʻlmagan yoki hujjatlar tashqi alomatlariga koʻra inkasso topshiriqnomasiga mos boʻlmagan taqdirda, ijro etuvchi bank bu haqida darhol inkasso topshiriqnomasini bergan shaxsga xabar qilishi shart boʻla oladi. Mazkur kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, bank topshiriqlarni bajarmasdan hujjatlarni qaytarib yuborishga haqli boʻladi. Hujjatlar qanday shaklda olingan boʻlsa, oʻsha shaklda toʻlovchiga taqdim etilishi belgilangan boʻlib, inkasso operatsiyasini rasmiylashtiriah uchun zarur boʻlgan bank belgilari va yozuvlari bundan mustasno hisoblanadi. Agar hujjatlar olinishi bilanoq ular boʻyicha pul toʻlanishi shart boʻlsa, ijrochi bank inkasso topshiriqnomasini olgan zahoti toʻlovga taqdim etishi zarur deb qaraladi [2].