Inomjon Sattarqulovich Kudratov (1978-yil 11-oktabr, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi.

Tarjimai holi tahrir

Inomjon Kudratov 2003-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha huquqshunos. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan, 2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a'zosi etib saylangan[1].

Manbalar tahrir

  1. „Депутатлар“. 2008-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-oktyabr.