Inomjon Xidiraliyev
Inomjon (Inogʻomjon) Xidiraliyev (1891.23.2, Namangan uyezdi Pop volostidagi Iskovut qishlogʻi — 1928.31.12, Moskva) — davlat va jamoat arbobi, diplomat. Xidiraliyev 1919-yildan turli sovet idoralarida masʼul lavozimlarda ishladi: Fargʻona viloyati partiya qoʻmitasining kotibi (1920—21), Turkiston ASSR Yer ishlari xalq komissari (1922), Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi (1922—24). RSFSR Yer ishlari, federal komiteti Prezidiumi aʼzosi (1923—24). Turkiston ASSR ning RSFSRdagi muxtor vakili (1924 yil yanvar—noyabr). X. Turkiston respublikasi manfaatlarini himoya qilib, bolsheviklarning shovinistik siyosatiga qarshi kurashgan. Yer ishlari xalq komissari (1925) sifatida X. Oʻzbekistonda yer-suv islohotini amalga oshirishda faol qatnashgan. Paxtakor dehqonlarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish tarafdori boʻlgan.
Inomjon Xidiraliyev 1928-yil Moskvadagi “Nasional” mehmonxonasida o‘z joniga qasd qilgan. Moskvaning Vagankovo qabristonida dafn etilgan. Xidiraliyev o’limidan keyin, 1937-yildagi ommaviy repressiya davrida "xalq dushmani" sifatida qoralangan edi. Pop tumani Iskovut qishlog’idagi 9-maktabga, Andijondagi koʻcha va Qoʻrgʻontepa tumanidagi maktabga Inomjon Xidiraliyev nomi berilgan.
Adabiyot
tahrir- Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida]. T., 2000; Shamsutdinov P., Istiqdol yoʻlidashahid ketganlar, T., 2001; Rajabov Q.,Haydarov M., Turkiston tarixi (1917— 1924 y.), T., 2002.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |