Inomjon Yoʻldoshev (1889-yil, Namangan — 1967-yil) — Sovet davrida Namangan tumanining harbiy komissari. Andijonning Voroshilov tumanida ijroqo‘m raisi boʻlgan.

Inomjon Yoʻldoshev
Tavalludi 1889-yil
Vafoti 1967-yil
Kasbi Harbiy komissar

Yoshligi tahrir

1889-yilda Yangiqoʻrgʻonning Qiziloyoq qishlogʻida tugʻilib, birinchi jahon urushi yillarida Namanganga kelgan va Obidulla Maxsumning maktabida taʼlim olgan. 1917-yil noyabr oyining oʻrtalarida qoʻliga qurol olib, sovet militsiyasi safiga kirgan. Namangan viloyati davlat arxivining 311-raqamli shaxsiy fondida uning hayoti haida ayrim maʼlumotlar saqlanib qolgan.

Faoliyati tahrir

1919-yilning 12-aprelda 32 quroldoshi bilan Fargʻonaga oʻqishga boradi. Fargʻonada oʻqib qaytgan Inomjon Nanay (Nanay oʻsha vaqtda Namangan uyezdidagi tuman boʻlib, uning tarkibiga Olabuqa, karavon singari qishloqlar ham kirgan) ga harbiy komissar boʻlib qaytadi, keyinroq alohida qirgʻiz kavaleriya divizionidagi 3-eskadronga siyosiy rahbar va 1-eskadron komissari vazifalarida ishlaydi[1]. 1920-yilning sentyabr oyida Boku shahrida boʻlib oʻtgan Sharq xalqlari qurultoyida ishtirok etgan. Namanganliklar oʻsha anjumanga vakil etib 10 kishini yuborishgan va ularning ichida Inomjon Yoʻldoshev ham bor edi. Qurultoyda ishtirok etganlarning aksariyati keyinchalik qatagʻonga uchraydi.

Turkistonda 1917—1921-yillarda boʻlib oʻtgan ocharchilik Namanganga ham oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Shu bois Inomjon Yoʻldoshev 20-yillarda militsiya safida turib, muhtojlarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan shugʻullandi. Xizmat taqazosi bilan u Qirgʻizistonning Ketmontepa militsiyasida ham rahbar sifatida ishlagan. 15 kishini jangovar safga qabul qilgan. Oʻzi va hamkasblariga talabchan Inomjon Yoʻldoshevga 1923-yilda Namangan tumanida avval harbiy komissar, keyinchalik militsiya komissari vazifalari topshirildi.

1937-yilda yuz bergan qatagʻon siyosati natijasida 48 yoshida xalq dushmani sifatida qamoqqa olindi va 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi. Oʻsha paytda u Andijonning Voroshilov tumanida ijrokom raisi lavozimida ishlagan. Inomjon Yoʻldoshevning qanday ayblov bilan xalq dushmani sifatida qamoqqa olingani, tergov jarayoni, guvohlar haqida umuman maʼlumotlar saqlanib qolmgan. 1941-yilda Yoʻldoshev qamoqdan qaytadi[2].

Ikkinchi jahon urushi Inomjon Yoʻldoshevni ikki farzandidan ayirdi. Oliy militsiya xodimidan harbiy zobitgacha, undan tuman ijroiya qoʻmitasi rasiligigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan Inomjon Yoʻldoshev 1967-yilda vafot etgan.

Manbalar tahrir

  1. Ummatov R. Zulmatda so‘ngan ziyolar, Namangan, 2000 — 37 bet. 
  2. Тарихнинг номаълум саҳифалари. Бешинчи китоб. Тошкент-2016: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи. ISBN 978-9943-03-748-9.