„Inson huquqlari himoyasi uchun“ koʻkrak nishoni —— inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, inson huquqlari madaniyatini oshirish hamda sohani rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari taqdirlanadi[1][2].

„Inson huquqlari himoyasi uchun“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy fuqarolariga
Taqdirlash asosi inson huquqlari madaniyatini oshirish hamda sohani rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2020-yil 3-noyabr.

Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar ham taqdirlanishi mumkin.

Tavsifi

tahrir
  • „Inson huquqlari himoyasi uchun“ koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining markazida, koʻtarilayotgan quyosh nurlari hamda tepadan pastga qalinlashib boruvchi radiusga ega boʻlgan koʻk va yashil ranglardagi yarim aylana fonida insonlar, ozodlik va erkinlik ramzi sifatida osmonga koʻtarilayotgan kabutar tasviri aks ettirilgan.
  • Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan doira ichida „INSON HUQUQLARI HIMOYASI UCHUN“ soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi dafna yaproqlari tasvirlangan. Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida olti qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan „Inson huquqlari himoyasiga qoʻshgan munosib hissasi uchun“ soʻzlari yozilgan. Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
  • Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat.
  • Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning markazidan eni 8 millimetrli och koʻk yoʻl oʻtgan. Uning har ikki tarafidan eni 7 millimetrli yashil rangdagi yoʻllar tushirilgan. Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar

tahrir
  1. ["Inson huquqlari himoyasi uchun" koʻkrak nishoni toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.11.2020-yildagi 685-son]
  2. https://yuz.uz/uz/news/inson-huquqlari-himoyasi-uchun-kokrak-nishoni-kimlarga-taqdim-etiladi „Inson huquqlari himoyasi uchun“ koʻkrak nishoni kimlarga taqdim etiladi?

Havolalar

tahrir