Instagram tuxumi
Instagram tuxumi – Instagram ijtimoiy media platformasida @world_record_egg foydalanuvchi hisobi tomonidan joylashtirilgan tuxum surati. Yaratilganidan bir necha kun oʻtgach, u global fenomen va internet memiga aylandi. Instagram tuxumi bugungi kungacha Instagramdagi eng koʻp yoqtirilgan ikkinchi post hisoblanadi[1][2]. Shuningdek, u 2022-yilning 20-dekabriga qadar eng koʻp yoqtirilgan Instagram post boʻlib kelgan, shu kuni Argentina terma jamoasi safida 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida gʻalaba qozonganidan soʻng, jamoadoshlari bilan bayram qilayotgani haqidagi Lionel Messining posti layklar soni boʻyicha tuxum rasmini ortda qoldirgan. Foydalanuvchi hisobi egasi britaniyalik reklama ijodkori Chris Godfrey ekanligi maʼlum boʻlgan, u keyinchalik ikki doʻsti Alissa Khan-Whelan va CJ Brown bilan ruhiy salomatlik haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan tuxum aks ettirilgan Hulu reklamasida ishlagan[3][4][5].
Kelib chiqishi
tahrirFotosurat dastlab Sergey Platanov tomonidan olingan boʻlib, u 2015-yil 23-iyunda „oq fonda ajratilgan tuxum“ sarlavhasi bilan Shutterstock nashriga joylashtirgan[6].
Tarixi
tahrir2019-yilning 4-yanvarida @world_record_egg foydalanuvchi hisobi yaratildi va sahifasiga „Kelinglar, birgalikda jahon rekordini oʻrnatamiz va rasmni Instagramda eng koʻp layk toʻplagan postga aylantiramiz. Hozirgi jahon rekordini Kylie Jenner yangilagan (18 million)! Biz buni uddalaymiz“ sarlavhasi ostida qush tuxumi tasvirini joylashtirdi[7][8]. Jennerning avvalgi rekordi, qizi Stormining birinchi surati jami 18.4 million layk toʻplagan edi[9][10].
Bu post 10 kun ichida 18.4 million layk yigʻishga muvaffaq boʻldi va oʻsha paytdagi Instagramdagi eng koʻp layk toʻplangan postga aylandi. Keyin u keyingi 48 soat ichida 45 milliondan ortiq layk toʻplashda davom etib, Despacito musiqiy videosini ortda qoldirdi va tarixdagi eng koʻp yoqtirilgan onlayn post (har qanday media platformada) sifatida jahon rekordini oʻrnatdi[11][12][13][14].
2019-yil 14-yanvarda foydalanuvchi hisobi tasdiqlanganidan soʻng, postning mashhurlik va yoqtirishlar soni ortib ketdi, bu esa uning turli ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga sabab boʻldi[7][13][14][15][16].
2019-yil 18-mart holatiga koʻra, post 53.3 milliondan ortiq layk toʻplagan, bu avvalgi rekord 18.4 milliondan deyarli uch baravar koʻp edi. Instagram tuxumi Instagram Stories shaklida bir necha kun davomida tez-tez layklar soni yangilanishlarini joylashtirib borgan[14][17].
Layklar soni bilan bir qatorda, 2023-yil yanvar holatiga koʻra post izohida 3.8 million sharh bor.
Bir necha shaxslar oʻzlarini hisob yaratuvchisi deb daʼvo qilishga harakat qilishdi, bu daʼvolar Instagramdagi xabarlarda „tuxum“ tomonidan rad etilgan[18]. 2019-yil 3-fevralda Hulu va The New York Times tomonidan Instagram tuxumining yaratuvchisi britaniyalik reklama ijodkori Chris Godfrey ekanligi maʼlum qilindi[3].
2019-yil 18-yanvarda foydalanuvchi sahifasida tuxumning ikkinchi surati joylashtirildi, u yuqori chap burchagida kichik yoriq borligini hisobga olmaganda, birinchisi bilan deyarli bir xil edi. 2019-yil 25-fevral holatiga koʻra, post 11.8 million layk toʻplagan. 2019-yil 22-yanvarda sahifada tuxumning uchinchi surati joylashtirildi, bu safar unda ikkita kattaroq yoriq bor boʻlgan. 25 daqiqadan kamroq vaqt ichida post 1 million layk toʻpladi, 2019-yilning 25-fevraliga kelib esa layklari soni 9.5 millionni tashkil etgan. 2019-yilning 29-yanvarida sahifaga tuxumning toʻrtinchi surati joylashtirildi, uning oʻng tomonida yana bir katta yoriq bor edi va u 2019-yil 25-fevraligacha 7.6 million layk toʻpladi[19]. 2019-yilning 1-fevralida tez kunlarda oʻtkazilishi kutilayotgan Super Bowl LIII musobaqasiga ishora qilib, futbol toʻpi kabi tikilgan tuxumning beshinchi surati joylashtirildi. Bu post 2019-yil 25-fevraligacha 6.5 million layk toʻplagan edi. Foydalanuvchi hisobi 3-fevral kuni Hulu buyurtma xizmatining obuna videosida tuxum ichida nima borligini ochib koʻrsatishga vaʼda berdi[19].
Hulu Instagram tuxumining ochilishi ruhiy salomatlik kampaniyasi haqidagi animatsiyani targʻib qilish uchun ishlatilgan. Klipdagi izohda shunday deyilgan: „Yaqinda yorilib ketdim, menga ijtimoiy tarmoqlarning bosimi tushmoqda. Agar siz ham qiynalayotgan boʻlsangiz, kimdir bilan gaplashing“. Keyinroq video @world_record_egg Instagram hisobiga joylashtirildi va bu post 2019-yilning mayigacha 33 milliondan ortiq koʻrildi[20]. 2020-yilning may oyi holatiga koʻra, u 41 milliondan ortiq koʻrilgan[21].
2019-yilning 16-iyulida Chris Godfrey (hisob yaratuvchisi) internetdagi eng nufuzli 25 kishidan biri sifatida qayd etildi[22].
2022-yil 20-dekabr kuni Instagramdagi eng koʻp layk toʻplangan post boʻyicha rekord argentinalik futbolchi Lionel Messi tomonidan yangilandi. Futbolchi Argentina milliy terma jamoasi 2022-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatida gʻalaba qozonganidan soʻng bayramni nishonlayotgan oʻzi va jamoadoshlarining rasmi aks etgan posti bilan bu natijaga erishgan[23]. @world_record_egg Messidan layk koʻrsatkichi boʻyicha ortda qolishiga javoban shunday izoh yozgan: „Bugun [Lionel Messi] tojga ega chiqdi, hozircha. Lekin menda hali ham bitta savol bor… Kim barcha davrlarning eng zoʻri – Cristiano Ronaldo yoki Leo Messi?“[24].
Qarshi olinishi
tahrirTuxumning Instagramdagi eng koʻp layk toʻplagan postlar ichida jahon rekordini yangilashiga javoban hisob egasi „Bu telbalik. Qanday zamonda yashayapmiz“ deb yozgan[25]. Oradan bir necha soat oʻtgach, Kylie Jenner Instagramda tuxumni yorib, uning sarigʻini yerga quyayotgani tasvirlangan videoni joylashtirdi va unga „Mana bu tuxumchani oling“ degan yozuvni qoʻshdi[26][27].
Mutaxassislar tuxum suratining ijtimoiy tarmoqlardagi „yetakchi oila“ ustidan hukmronlik qilayotgani maʼnosini taʼkidladilar. Vogue taʼkidlaganidek, yurak piktogrammasini bosish oson, tuxum esa „sevimli“[28].
Westminster universitetining internet-memlar boʻyicha tadqiqotchisi buni Birlashgan Qirollikdagi ilmiy tadqiqot kemasiga Boaty McBoatface deb nom berish harakati bilan taqqosladi.
Instagrammerning muvaffaqiyati ijtimoiy tarmoqlardagi pul toʻlanmagan virusli kampaniyaning kamdan-kam gʻalabasiga misoldir. „Bu yerda mashhurlarga qarshi bir oz qoʻzgʻolon bor – oddiy tuxum bilan nima qilishimiz mumkinligiga bir qarang“[29].
Tadqiqotchining taʼkidlashicha, bunday keng tarqalgan pul toʻlanmagan virusli postga aylanish kamdan-kam kuzatilishi mumkin, chunki ijtimoiy tarmoqlar koʻproq pul toʻlanadigan xizmat va biznesni reklama qilishga tayanadi[29].
Postning tarqalishi „isteʼmolchilik“ga[30] qarshi populistik repressiya sifatida tavsiflangan va baʼzilar tomonidan mashhurlik ustidan jamiyatning gʻalabasi sifatida koʻriladi[31][29].
Applening App Store doʻkonida Instagram tuxumiga asoslangan yuzlab oʻyinlar paydo boʻldi[18]. Instagram tuxumining yaratuvchilari Huluni targʻib qilish boʻyicha ham kelishuvga erishdilar[32].
Manbalar
tahrir- ↑ Tasimone, Ashley (14 January 2019). „An Egg Dethrones Kylie Jenner & Travis Scott's Baby for Most Liked Instagram Photo Ever“. Billboard. 10 April 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17 September 2022.
- ↑ Thorne. „Egg photo breaks Kylie Jenner's record for most liked image on Instagram“. Guinness World Records (2019-yil 14-yanvar). 2019-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 Bromwich, Jonah Engel; Maheshwari, Sapna. „Meet the Creator of the Egg That Broke Instagram“ (en-US). The New York Times (2019-yil 3-fevral). 2019-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
- ↑ Murdoch. „The person behind the World Record Egg has been revealed“ (en). Mashable (2019-yil 3-fevral). 2019-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
- ↑ Specter, Francesca. „Lifestyle: Instagram egg that beat Kylie Jenner's 'most liked' record revealed as mental health ad“. Yahoo Style UK (2019-yil 4-fevral). Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
- ↑ Shamsian. „The guy who took a photo of an egg that broke Instagram's world record is shocked it became a meme: 'Egg is just an egg'“. INSIDER (2019-yil 16-yanvar). 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
- ↑ 7,0 7,1 Earnest. „An egg plans to dethrone Kylie Jenner as most liked Instagram post“. Fox 5 San Diego (2019-yil 11-yanvar). 2019-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
- ↑ France, Lisa Respers. „Meet the egg that broke Kylie Jenner's Instagram record“. CNN (2019-yil 14-yanvar). 2019-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr. „I, for one, welcome our new embryoverlord.“.
- ↑ Ryan. „Instagram's most-liked post is now just an egg, sorry Kylie Jenner“ (en). CNET (2019-yil 4-yanvar). 2019-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
- ↑ „An Egg, Just a Regular Egg, Is Instagram's Most-Liked Post Ever“. The New York Times (2019-yil 13-yanvar). 2019-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-yanvar.(subscription required)
- ↑ Ohlhieser. „Congratulations to this egg on becoming Instagram's most-liked post ever“ (2019-yil 14-yanvar). 2019-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-yanvar.
- ↑ McIntyre. „Here Are All The Records 'Despacito' Broke On YouTube“. Forbes (2017-yil 9-avgust). 2019-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-yanvar.
- ↑ 13,0 13,1 Hoffman, Ashley (14 January 2019). „An Egg Has Beaten Kylie Jenner's Record for the Most-Liked Photo on Instagram“ (Video). Time. 17 January 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17 September 2022.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 notes, Pass. „How an egg beat Kylie Jenner at her own Instagram game“ (en-GB). The Guardian (2019-yil 14-yanvar). 2019-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-yanvar.
- ↑ Funston. „This Picture Of An Egg Just Beat Kylie Jenner For Most-Liked Instagram Of All Time“ (en-US). Delish (2019-yil 14-yanvar). 2019-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-yanvar.
- ↑ Farber, Madeline. „Egg that beat out Kylie Jenner for most-liked Instagram photo recognized by the American Egg Board“. Fox News (2019-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
- ↑ Porter. „Egg picture beats Kylie Jenner as most-liked Instagram post of all time“. The Verge (2019-yil 14-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-yanvar.
- ↑ 18,0 18,1 Lorenz. „The World-Record Instagram Egg Is Going to Make Someone Very Rich“ (en-US). The Atlantic (2019-yil 31-yanvar). 2019-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-fevral.
- ↑ 19,0 19,1 „EGG GANG 🌍 (@world_record_egg) • Instagram photos and videos“ (en). www.instagram.com. 2019-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ Lieu. „Most likes Instagram photo uses account for mental health awareness.“. Mashable (2019-yil 4-fevral). 2019-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-fevral.
- ↑ „#EggGang on Instagram: "Phew! I feel so much better now 😊 If you're feeling the pressure, visit talkingegg.info to find out more. Let's build this list together…"“. Instagram. world_record_egg (2019-yil 4-fevral). 2020-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
- ↑ „The 25 Most Influential People on the Internet“. Time. 2019-07-16. 2023-04-08da asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Barlow. „Lionel Messi breaks record for most liked ever Instagram post“ (en). Football España (2022-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
- ↑ „World Record Egg responds after losing most liked picture to Lionel Messi“ (en). LADbible (2022-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 21-dekabr.
- ↑ Ohlhieser. „Congratulations to this egg on becoming Instagram's most-liked post ever“ (2019-yil 14-yanvar). 2019-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-yanvar.
- ↑ „Kylie Jenner's Response to Having Her Instagram Record Smashed by an Egg Is Too Funny“. Celebrity Cosmopolitan (2019-yil 15-yanvar). 2019-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-yanvar.
- ↑ „Kylie on Instagram: "Take that little egg"“ (en). Instagram. 2019-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-yanvar.
- ↑ Read, Bridget. „An Egg Beat Kylie Jenner on Instagram“. Vogue (2019-yil 14-yanvar). 2019-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-yanvar.
- ↑ 29,0 29,1 29,2 Stokel-Walker, Chris. „Why Instagram's world record egg is the last of a dying breed“. Wired. 23 January 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15 January 2019. „As social networks rely more on paid promotion of content, celebrities realise they can buy their way to virality and big business muscles in, the happenstance viral hit is going to become a rare delight.“
- ↑ Davis. „The World's Most-Liked Instagram Post Is a Picture of an Egg—And It Hatches a New Age of Conceptual Art for the People“. Artnet. Artnet Worldwide Corporation (2019-yil 15-yanvar). — „It's the viral sensation of the moment. But it has an art-historical precedent.“. 2019-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
- ↑ Garcia. „INSTAGRAM: What a Record-Breaking 'Egg' and Its Title of Most-Liked Instagram Post Ever Can Teach Us“. Entrepreneur (2019-yil 23-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
- ↑ Spangler, Todd. „Hulu Buys Sponsorship With Instagram's World Record Egg, Tied to Super Bowl“. Variety (2019-yil 2-fevral). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-fevral.