Interfeys— texnik va programmalash vositalari majmui; hisoblash, boshqarish yoki oʻlchash tizimlari (EHM ning opera-tiv va tashqi xotira qurilmasi)dagi turli funksional qurilmalarning oʻzaro taʼsirini taʼminlaydi. U uzatilayotgan axborotlarni kodlash va sinxronligiga nisbatan belgilangan qoida hamda kelishuvga muvofiq tayyor modullardan sistemani, qurilmalarning mexanik va elektr birikmalarini sig-nad koʻrinishida (axborotlar va boshqa shaklida) toʻplashga imkon beradi.


Kompyuter ishlashi uchun apparatli ta’minotdan tashqari dasturiy ta’minot ham muhim ahamiyatga egadir. Kompyuter tizimini tashkil etuvchi bu ikki vositaning oʻzaro aloqasi interfeys deyiladi. Interfeys bir necha turga boʻlinadi, ya’ni: apparatli interfeys; dasturiy interfeys; apparatli-dasturiy interfeys. Apparatli interfeysni kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar ta’minlaydi. Dasturiy ta’minot bilan apparatli ta’minot oʻrtasidagi mutanosiblikni operatsion sistema boshqaradi. Kompyuterli tizim samarali ishlashi uchun apparatli va dasturiy ta’minotdan tashqari foydalanuvchi qatnashadi. kompyuterda ishlashi jarayonida uning apparatli ta’minoti bilan ham, dasturiy ta’minoti bilan ham aloqada boʻladi. Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan muloqatga kirishish usuli foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Dasturlar xilma-xil boʻlgani uchun ularning interfeysi ham turlicha boʻladi. Foydalanuvchi interfeysini xususiyatlariga koʻra bir nechta turga ajratish mumkin. Dasturning ishlash muhitiga qarab, dastur nografik yoki grafik interfeysga ega boʻladi.