Intermec Inc. — avtomatik identifikatsiyalash, yaʼni avtomatik ravishda aniqlash qurilmalarinining yirik ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi hisoblanadi.

Intermec
Turi ommaviy kompaniya (NYSE: IN)
Tarmogʻi Avtomatik identifikatsiya va maʼlumotlarni yig'ish
Qachon asos solingan 1966
Rahbariyat Patrik Birn
Mishel Lanni
Mahsulot(lar)i kitobxonlar shtrix kodов, simsiz tarmoqlar, portativ kompyuterlar, RFID
Aylanma daromadi $658 million USD (2009)[1]
Ishchilar soni 1900[1]
Vebsayti www.intermec.com

Kompaniya tarixi[2]

tahrir
  • 1966-yil — Interface Mechanisms kompaniyasiga asos solingan.
  • 1982-yil — Intermec Corporation nomiga oʻzgartirilgan.
  • 1991-yil — Litton Industries, Inc ni sotib oldi.
  • 1994-yil — Litton kompaniyasining shoʻba korxonasi Western Atlas Inc.tarkibiga kirdi.
  • 1997-yil — Western Atlas Inc shoʻba korxonasi UNOVA, Inc. mulkiga oʻtdi.
  • 1997-yil — Norand va UBI (United Barcode Industries) shirkatlarini sotib oldi.
  • 1997-yil — IBM' kompaniyasidan patent oldi.
  • 1998-yil Amtech korporatsiyasining UHF RFID biznesini sotib oldi (Amtech Transportation Systems).
  • 2006-yil UNOVA Inc. Intermec Technologies kompaniyasini shoʻba korxonasi sifatida saqlab qolgan holda Intermec, Inc nomi bilan atala boshlandi.
  • 2013-yil — Intermec, Inc. Honeywell Scanning and Mobility kompaniyasining tarkibiga kirdi[3].

Uskunalar

tahrir
 

Intermec uskunalari xoʻjalik faoliyatining turli sohalari, jumladan sanoatda qoʻllanadi. Lekin kompaniya oʻzining asosiy eʼtiborini turli ishlab chiqarish sohalari, xususan, omborxona, yetkazib berish, chakana savdo, transport va logistika, shuningdek, manzilga chiqib xizmat koʻrsatish sohalarida taʼminot zanjirini avtomatlashtirishga qaratmoqda. Intermec RFID (Radiochastotani identifikatsiyalash) patentlarining 10 foizdan ortigʻiga ham egalik qiladi[4].

Kompaniya asosiy ishlab chiqaradigan uskunalar roʻyxatiga quyidagilar kiradi:

  • Shtrix-kod skanerlari
  • Maʼlumot yigʻish terminallari
  • RFID (radiochastotali identifikatsiyalash) qurilmalari, printerlar, yorliqlar
  • Yorliq printerlari va ular uchun sarflanadigan materiallar
  • Simsiz tarmoqlar

Kompaniya shuningdek quyidagilarni taqdim etadi:

  • Dasturiy taʼminot va yordamchi dasturlar
  • Professional texnik xizmatlar
  • Texnik yordam

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Intermec Fact Sheet“ (en) (deadlink). 2011-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-oktyabr.
  2. „Intermec History: Over 40 Years of Technology Leadership“ (en) (deadlink). 2011-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-oktyabr.
  3. „Honeywell Completes Acquisition of Intermec“ (en) (deadlink). 2014-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-yanvar.
  4. „Компания Intermec — лидер в сфере автоматизации, маркировки и идентификации“. 2011-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-oktyabr.

Havolalar

tahrir