Internet Movie Database
Internet Movie Database (IMDb, tarjimasi Filmlarning Internetdagi bazasi) — filmlar, TV programmalar, aktyorlar, kinochilar, video oʻyinlar va badiiy qahramonlar haqida maʼlumot toʻplangan onlayn maʼlumot bazasi. Saytdan koʻplab odam qoʻllanadi: har oy IMDbga 10 milliondan oshiq qoʻllanuvchi kiradi.[1]
Internet Movie Database | |
---|---|
![]() | |
Tijoratmi | ha |
Sayt turi | onlayn maʼlumot bazasi |
Roʻyxatdan oʻtish | majburiy emas |
Qaysi tillarda | Inglizcha |
Egasi | Amazon.com |
Ochilgan sanasi | 17-oktabr, 1990 |
URL | http://www.imdb.com/ |
IMDb 1990-yil 17-oktabrda ochilgan. 1998-yil Amazon.com tomonidan oʻzlashtirilgan. 2012-yil noyabr oyida olingan maʼlumotga koʻra, IMDbda 2 352 367 ta badiiy nom va 4 930 353 ta kishi haqida maʼlumot bor.[2]
Eng sara 250Tahrirlash
Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar bergan ovozlar yordamida IMDbda eng sara 250 film aniqlanadi.[3] Bu roʻyxatga 25 000 dan oshiq ovoz olgan, 45 minutdan uzoq davom etadigan va hujjatli boʻlmagan filmlargina kiritiladi.
Eng sara 250 ning 20 tasiTahrirlash
Oʻrin | Film | Chiqqan yili |
---|---|---|
1. | Shoushenkdan qochish | 1994 |
2. | The Godfather | 1972 |
3. | The Godfather: Part Two | 1974 |
4. | Pulp Fiction | 1994 |
5. | The Good, the Bad and the Ugly | 1966 |
6. | 12 Angry Men | 1957 |
7. | Schindler's List | 1993 |
8. | Qora Ritsar | 2008 |
9. | Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi | 2003 |
10. | Fight Club | 1999 |
11. | Imperiya javob qaytarmoqda | 1980 |
12. | One Flew Over the Cuckooʻs Nest | 1975 |
13. | Uzuklar hukmdori: Uzuklar ittifoqi | 2001 |
14. | Muqaddima | 2010 |
15. | Goodfellas | 1990 |
16. | Yulduzlar jangi: Epizod IV – Yangi Umid | 1977 |
17. | Seven Samurai | 1954 |
18. | The Matrix | 1999 |
19. | Forrest Gump | 1994 |
20. | City of God | 2002 |
ManbalarTahrirlash
- ↑ Eng mashhur 10 Internet kompaniya (ingl.). CelebJunkyz.com (2009-08-19). 2011-08-20.
- ↑ Statistika (ingl.). IMDb. 17-noyabr, 2012.
- ↑ "Foydalanuvchilar ovoz bergan eng sara 250 film (ingl.)". IMDb. http://www.imdb.com/top_250_films. Qaraldi: 2007-03-01.