Iolanta 1212-yili Quddus qiroli Ioann de Briyen va uning rafiqasi Mariya oilasida dunyoga kelgan. Mariya qizi tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay, vafot etgan. Shundan so‘ng, Iolanta “Izabella II“ nomi bilan Quddus qirolichasi deb e’lon qilindi. Otasi Ioann esa 1225-yilgacha regent sifatida o‘z hukmronlikni davom ettirgan.

Izabella II

Fridrix II bilan nikohi.

1223-yilda Ioann de Briyen kuch to‘plash maqsadida Yevropaga sayohat qiladi. Sayohat davomida u Fiorentino shahriga kirib o‘tadi. Buni qarangki, aynan shu shaharda Izabella Muqadadas Rim imperiyasining bo‘lajak qirolichasi bo‘lishiga ahdlashildi. Rim papasi Gonoriy III va imperator Fridrix II ushbu uchrashuvda Ioann de Breenning qizini qo‘lini so‘raydi. Buni evaziga Fridrix salib yurishida qatnashishga rozi bo‘ldi. Ammo, u bir shart evaziga Quddusini qonuniy qiroli bo‘lsagina ushbu taklifni qabul qilishini ma’lum qilgan. Toy orqali papa muvaffaqiyatli kompaniyani amalga oshirishni maqsad qilgandi. 1225-yilda Fridrix va Izabellaning to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. Avgust oyida Akra shahrida, 9-noyabrda Brindizidagi marosimlarga shaxsan papani o‘zi qatnashdi. Bir necha kun o‘tgach, Izabella Quddus qirolichasi etib tayinlandi. Tuzilgan kelishuvga qaramay, Fridrix zudlik bilan qaynotasini regentlik huquqidan mahrum qilib, hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga kirishdi. Bu orqali u salib yurishiga borishni istamasligini ko‘rsatib qo‘ygandi. Papa imperatorning bu qaroridan jazavaga tushib, 1227-yilda uni cherkovdan chiqarib yubordi.

Vafoti.

To‘ydan keyin Izabella Palermodagi Fridrix saroyida yashadi. Fridrix unga vaqti-vaqti bilan uni ko‘rishga kelib turardi. 1226-yil noyabrda Izabella o‘zining birinchi farzandi (ba’zi manbalarga ko‘ra) Margaret ismli qizaloqni dunyoga keltirdi. Ammo, bu bola oradan bir yil o‘tib, avgust oyida vafot etdi. 1228-yilning aprelida u ikkinchi farzandini, valiaxd shahzodani dunyoga keltirdi. Unga Konrad ismini berishdi. Lekin, Konrad dunyoga kelishi bilan uning onasi Andriyada vafot etdi va shu yerdagi soborga dafn etildi.