Ipoteka bank
Ipoteka bank – Oʻzbekistondagi xorijiy investor ulushi ishtirokidagi universal bankdir. Ipoteka-bank Oʻzbekiston bank tizimida jami aktivlari boʻyicha 7.1 foiz ulush bilan 5-pozitsiyada joylashgan[1].Ipoteka-bank ipoteka kreditlari berish va uy-joy qurilishini moliyalash boʻyicha yetarli tajribaga ega bank hisoblanadi[2].
2023-yil 13-iyun sanasida OTP Bank Ipoteka-bankning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga tegishli aksiyalardan 73.71 foizini sotib olib uning asosiy aksiyadoriga aylandi hamda shu sanadan boshlab Ipoteka bank rasman OTP Guruhi aʼzosiga aylandi[3].
Bank yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni qabul qiladi, kreditlar beradi, Oʻzbekiston va xorijga pul oʻtkazmalari xizmatlarini koʻrsatadi. Bank 39 ta filial va 200 dan ortiq bank xizmatlari markazlari orqali 1,6 milliondan ortiq korporativ va chakana mijozlarga xizmat koʻrsatadi[4].
Ipoteka-bank Xalqaro moliya korporatsiasi (XMK) bilan birgalikda horijiy korporativ boshqaruvni joriy qilgan[5].
Bank tarixi
tahrir1996-yil uy-joy bilan taʼminlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida „Toshkent uy-joy jamgʻarma banki“ tashkil etiladi[6].
1997-yilda uy-joy fondini moliyalashtirishni butun Oʻzbekiston miqyosida ommalashtirish maqsadida „Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki“ tashkil etiladi[7].
2005-yilga kelib Oʻzbekiston „Uy-joy jamgʻarma banki“ hamda „Zamin-bank“i bilan oʻzaro birlashtirilishi natijasida Oʻzbekistondagi ilk ixtisoslashtirilgan ipoteka kreditlash banki sifatida „Ipoteka-bank“ ATB tashkil etiladi[8].
2007-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Ipoteka-bankiga Oʻzbekistonda aksiyadorlik tijorat banki sifatda bank va valyuta faoliyatini amalga oshirish uchun qayta rasmiylashtirgan 74-sonli litsenziyasini beradi[9].
Bank Moody’s reyting agentligining B1 („Barqaror“ istiqboldagi) reytingiga ega boʻlgan Oʻzbekistondagi birinchi bank hisoblanadi[10].
2017-yildan 2018-yilgacha Ipoteka-banki Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan bankni institutsional oʻzgartirish boʻyicha kelishuv imzolaydi. Shundan soʻng, bank XMK ekspertlari bilan keng koʻlamli transformatsiya jarayonini boshlaydi[11].
2019-yilda Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan Ipoteka-bankiga 35 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi bankning aksiyalariga ayirboshlanadigan kredit liniyasi ajratiladi.[12].
2020-yilga kelib, Ipoteka-banki London Fond birjasida 300 mln. AQSh dollari miqdorida xalqaro obligasiyalarini chiqaradi[13]. Ipoteka-banki 2021-yilda yangi rivojlanish strategiyasi, biznes modelini, yangi tashkiliy tuzilmaga ega korporativ boshqaruv tizimi, risklarni boshqarish tizimi, anderrayting va turli masofaviy xizmatlarni joriy qiladi.
Shuningdek, bank Xalqaro Vena fond birjasida milliy valyutada 785 milliard soʻm (75 million AQSh dollari) miqdorida yevroobligatsiyalarni chiqargan[14].
OTPga sotish
tahrir2020-yil soʻngiga kelib OTP guruhi Oʻzbekiston hukumati bilan mamlakatdagi bank sektorini xususiylashtirish boʻyicha muloqotlarni boshlaydi[15]. 2021-yil sentabr oyida, Vengriyaning „OTP Bank Grup“ kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan „Ipoteka-bank“ aksiyalarining asosiy ulushini sotib olish boʻyicha memorandum imzolaydi. 2022-yilning 12-dekabr kuni „Hilton Tashkent City“ mehmonxonasida Vengriyaning OTP banki Oʻzbekistonning „Ipoteka-bank“ aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini sotib olish boʻyicha shartnoma imzolanishiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi. 2023-yil mart oyida Ipoteka banki 324 mln. AQSh dollariga sotilishi maʼlum qilinadi[16]. 2023-yil 17-may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan biznes-forumida OTP bank bosh direktori oʻrinbosari Laslo Vulf OTP guruhi bankni ikki hafta ichida sotib olinishini maʼlum qiladi[17].
Biz 2022-yil dekabr oyida Ipoteka-bankning 70 foiz ulushini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladik va bankni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni boshladik. Biz hali shartnomani yopmadik, lekin ikki hafta ichida uni yopishga umid qilamiz. Lekin shartnoma imzolangandan beri bank bilan juda faol aloqadamiz
— Luslo Vulf
2023-yil 13-iyunda bankni sotib olishning birinchi bosqichi yakunlanib, OTP Bank tomonidan Ipoteka-bankning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga tegishli aksiyalarining 73.71% sotib olinadi. Bankning qolgan 25% 3 yil ichida sotib olinishi rejalashtirilgan. Shu kundan eʼtiboran OTP Bank Ipoteka-bankning qonuniy nazorat organiga aylandi. Kelishuvga koʻra, OTP bank Ipoteka-bankning 73,71 foiz egaligi bilan asosiy aksiyadoriga hamda bilvosita bankka tegishli moliyaviy lizing bilan shugʻullanuvchi „Ipoteka lizing“ va sugʻurta xizmatlarini taklif qiluvchi „Imkon-Sugʻurta“ jamiyatlarining egasiga aylandi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) OTP Bank bilan hamkorlikda kelgusida Ipoteka-bankni moliyaviy va transformatsiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlashni davom ettiradi[18].
OTP Bank kabi yirik xorijiy bankning mahalliy bozorga kirishi raqobatni kuchaytirishga, korporativ boshqaruv standartlarini takomillashtirishga va bank xizmatlari sifatini oshirishga yordam beradi
— O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri
Sherzod Qudbiyev
OTP Group
tahrirOTP guruhi Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasidagi yuqori rentabellik hamda barqaror kapital va likvidlik pozitsiyasiga ega boʻlgan eng tez rivojlanayotgan yetakchi bank guruhlaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyoning 12 mamlakatida 41 000 dan ortiq xodimga ega boʻlgan guruh 17,5 milliondan ortiq mijozlarga universal moliyaviy xizmatlar koʻrsatadi. Markaziy va Sharqiy Yevropa bank sektoridagi eng faol konsolidator sifatida Guruh 2000-yillarning boshidan buyon 23 ta bankni muvaffaqiyatli sotib oldi va birlashtirdi. Bank hozirda Vengriya, Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya va Sloveniyada bozor yetakchisi hisoblanadi. OTP guruhi shtab-kvartirasi Vengriyada joylashgan boʻlib, mulkchilikning diversifikatsiyalangan va shaffof tuzilmasiga ega. Bank guruhi 1995-yildan Budapesht fond birjasida roʻyxatga olingan[15].
Bank menedjmenti
tahrirBankda Aktsiyadorlar, Kuzatuv kengashi va Boshqaruvni oʻz ichiga olgan korporativ boshqaruv tizimi mavjud.
Bank Kuzatuv kengashi tarkibida besh nafar xalqaro bank va moliyaviy tajribaga ega mustaqil aʼzolar mavjud.
Bank Kuzatuv kengashi raisi – xalqaro bank sohasida munosib tajribaga ega OTP Bank Plc Bosh direktor oʻrinbosari Laslo Vulf hisoblanadi[19].
„Ipoteka-bank“ Boshqaruvi raisi lavozimiga bank sohasida katta tajribaga ega Elyor Inomjonov 2021-yil 12-Fevralda tayinlangan[20].
Bank biznesi
tahrirIpoteka-bankning biznes tuzilmasi biznesning uchta yoʻnalishi: korporativ, kichik va chakana biznes yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilgan.
Bankning asosiy faoliyatiga kreditlash, chakana xizmatlar, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar, chet el valyutalari bilan operatsiyalar va savdoni moliyalashtirish kabilar kiradi.
Ipoteka-bank, XMK bilan uch yillik transformatsiya davomida, yangi biznes modelini yaratdi va anʼanaviy kommunikatsiyalarni mijozlarga yoʻnaltirilgan innovatsion tizim bilan almashtirdi[21].
Bank reytinglari
tahrirIpoteka-bank uchta yirik reyting agentliklarining quyidagi uzoq muddatli reytinglariga ega:
Fitch Ratings reyting agentligining „BB‑“ darajadagi istiqboli Barqaror reytingi[22],
Moody’s reyting agentligining „B1“ darajadagi istiqboli Ijobiy reytingi[23],
S&P Global reyting agentligining „BB‑“ darajadagi istiqboli Barqaror reytingi[24].
Bank aksiyadorlari
tahrir2023-yil 1-noyabr holatiga koʻra, aksiyadorlarning Ipoteka-bank ustav kapitalidagi ulushi quyidagicha:
№ | Aksiyadorlarning nomi (toifasi) | Ustav kapitalidagi ulush, % |
1 | OTP Bank Plc. | 73,81% |
2 | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi | 24,54% |
3 | Boshqa yuridik shaxslar (aksiyadorlar soni 4 632 ta) | 1,22% |
4 | Jismoniy shaxslar (aksiyadorlar soni 14 145) | 0,43% |
Ustav kapitali (aktsiyadorlarning umumiy soni – 18 779) | 2 989 584 338 941 |
Ipoteka-bankning asosiy aksiyadori Vengriyanig OTP Bank Plc. boʻlib, bankning ovoz beruvchi aksiyalarining 73,81 foiz ulushiga egalik qiladi. Bankning qolgan aksiyalari yuridik va jismoniy shaxs investorlar orasida taqsimlangan.
Bank shoʻba korxonalari
tahrir2023-yil 1-noyabr holatiga Ipotekabank ishtirok etgan shoʻba korxona va jamiyatlardagi ulushi quyidagicha:
Korxona nomi | Korxonadagi ulushi | Tashkil topgan sanasi | Faoliyat doirasi | Davlat | |
Bankning shoʻba korxonalardagi bevosita ulushi: | |||||
Ipoteka Lizing MCHJ | 100% | 2017 | Lizing | Oʻzbekiston | |
Imkon-sugʻurta MCHJ | 100% | 2019 | Sugʻurta | Oʻzbekiston | |
Bankning jamiyatlardagi ulushi: | |||||
Kompaniya po refinansirovaniyu ipoteki v Uzbekistane AJ | 20% | 2020 | Investitsiya | Oʻzbekiston |
Bank mukofotlari
tahrir- Central Asia Employer Brand Award 2019 – uchta nominatsiya gʻolibi: „Yahshi ishlar“, „Ish beruvchi imidji“ and „Yil yutugʻi“[25].
Rasmiy ilovasi
tahrirBankning rasmiy ilovasi – Ipoteka-Retail, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.[29]
Manbalar
tahrir- ↑ O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki. „Bank tizimining taqqoslama koʻrsatkichlari toʻgʻrisida ma’lumot“.
- ↑ O’zbekiston Banklar assotsiatsiyasi. „Banklar reytingi“.
- ↑ "Ipoteka-bank"ATIB. „Ipotekabank.uz“.
- ↑ O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi. „ОТП Банк намерен приобрести контрольный пакет акций узбекского «Ипотека-банка»“ (ru). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyun.
- ↑ uza.uz. „Мижозлар манфаат – энг олий мақсад“.
- ↑ lex.uz. „Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 31.01.1996-yildagi PF-1366-son“.
- ↑ lex.uz. „O'zbekiston Prezidentining Farmoni, 24.03.1997-yildagi PF-1739-son“ (uz).
- ↑ lex.uz. „O'zbekiston Prezidentining Qarori, 16.02.2005-yildagi PQ-10-son“.
- ↑ cbu.uz. „"Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki“.
- ↑ „Moody's - credit ratings, research, tools and analysis for the global capital markets“ (en). www.moodys.com. Qaraldi: 2022-yil 8-yanvar.
- ↑ „«Ипотека-банк» разработал программу трансформации“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2022-yil 8-yanvar.
- ↑ review.uz. „IFC ipoteka-bankga 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutadagi zayom bermoqda“.
- ↑ review.uz. „ipoteka-bank xalqaro obligasiyalarini yirik xorijiy investorlarga sotdi“.
- ↑ bank.uz. „Ipoteka-bank Oʻzbekiston banklari orasida birinchilardan boʻlib xalqaro moliya bozoriga milliy valyutada yevroobligasiya chiqarishga muvaffaq boʻldi“.
- ↑ 15,0 15,1 „Transaction closed: OTP Bank entered the Central Asian region by acquiring Uzbekistan’s Ipoteka Bank“ (en) (2023-yil 13-iyun). Qaraldi: 29-oktyabr.
- ↑ „Определены задачи в сфере приватизации“ (ru). president.uz (2023-yil 24-mart). Qaraldi: 29-oktyabr.
- ↑ „OTP Bank планирует закрыть первую сделку по приватизации «Ипотека-банка» в течение двух недель“ (ru). gazeta.uz. Qaraldi: 29-oktyabr.
- ↑ „«Ипотека-банк» был приватизирован за $324 млн“ (ru). gazeta.uz (25 марта 2023). Qaraldi: 29-oktyabr.
- ↑ „Laslo Wolf - Chairman of the Supervisory Board“ (en-US). Ipotekabank.uz. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
- ↑ bank.uz. „Inomjonov Elyor Isroilovich bankning boshqaruv Raisi lavozimiga tayinlandi.“.
- ↑ uzreport.news. „«Ипотека-банк» будет трансформирован и приватизирован с участием МФК“.
- ↑ fitchratings.com. „Fitch Affirms Ipoteka-Bank at 'BB-'; Outlook Stable“.
- ↑ ipotekabank.uz. „Kredit reytingi“.
- ↑ cbonds.com. „S&P Global Ratings affirms Ipoteka Bank at "BB-" (Local Currency LT credit rating); outlook stable“.
- ↑ kun.uz. „АКИБ «Ипотека-банк» признан самым лучшим в центральной Азии в трех номинациях в области HR – Central Asia Employer Brand Award 2019“.
- ↑ uza.uz „Итоговый список победителей конкурса "Выбор года-2019"“ (ru). Uza.uz (2020-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
- ↑ bank.uz. „ИПОТЕКА-БАНК HR СОҲАСИДАГИ ЮТУҚЛАРИ УЧУН НУФУЗЛИ ХАЛҚАРО МУКОФОТ СОВРИНДОРИ БЎЛДИ“.
- ↑ „UZCARD FORUM 2023 состоялся в Ташкенте“ (2023-yil 27-oktyabr). 2023-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-noyabr.
- ↑ https://depozit.uz/partners/banks/ipoteka-bank