Irene Kondachi
Irene Kondachi (1899–yil 7–iyun – 1970–yil 3–sentyabr) maltalik shifokor, Ikkinchi jahon urushi paytida orolda amaliyot oʻtkazgan ikkita ayol shifokordan biri. Tibbiyot xizmati asoschilaridan biri, taʼlim tizimida qoʻtir kasalligini yoʻq qilishda katta hissa qoʻshgan.
Irene Kondachi | |
---|---|
Tavalludi |
7-iyun 1899-yil Valletta, Malta |
Vafoti |
1970–yil 3–sentabr Pietà, Malta |
Fuqaroligi | Malta |
Kasbi | Shifokor |
Faoliyat yillari | 1928–1959 |
Yoshligi
tahrirIrene Kondachi 1899–yil 7–iyunda Maltada tugʻilgan. Uning oilasi Gretsiyadan orolga koʻchib kelgan, otasi Konstanino Kondachi savdogar edi[1]. Irenening uydan tashqarida ishlaydigan ayollarga nisbatan bagʻrikeng munosabatda boʻlgan yunon pravoslav anʼanalarida tarbiyalangan[2]. 1916–yilda Malta universitetida tibbiyot sohasida oʻqishni boshladi, lekin bir yildan keyin oʻqishni tark etdi. Oʻn yil oʻtgach, Neapol universitetini tibbiyot shifokori sifatida tamomladi. Oʻqishni davom ettirib, Kondachi 1928–yilda Pavia universitetida pediatriya boʻyicha mutaxassis darajasini oldi[1].
Faoliyati
tahrirOʻqishni tugatgandan soʻng Maltaga qaytib kelgan Kondachi Vallettadagi Malta universitetining akusherlik va ginekologiya boʻyicha professori Jozef Ellulning yordamchisi boʻldi[1][3]. 1938–yilda hukumat maktabining tibbiyot xodimi sifatida ishga qabul qilindi[1]. Urush boshlanganda, koʻplab erkaklar jangga ketgani sababli ayollar orolning mudofaa xizmatlariga koʻproq jalb qilindi. Kondachi oftalmolog va stomatolog bilan birga tibbiy xizmat koʻrsatishni boshladi. Transport yoʻqligi sababli 1941–yildan 1942–yilgacha boʻlgan davrda 20 000 dan ortiq maktab oʻquvchilarini emlash va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun orolning turli maktablariga piyoda borgan. U davlat maktablarida neftga asoslangan malham yordamida qoʻtirni yoʻq qilish uchun mas’ul boʻlgan[2]. 1941–yilda davlat maktablari kasalxonalar va qochqinlar markazlariga aylantirildi. Irene Qormi shahridagi hukumat maktabida joylashgan kasalxonani nazorat qilayotganda, muassasa bombardimon qilindi va Kondachi, uning xodimlari, qochqinlar va oʻquvchilari qizlar maktabi ostidagi yertoʻlaga berkinishdi[4]. Urush paytida Maltada ishlagan ikki ayol shifokordan biri boʻlgan[2] Kondachi 1959–yilgacha Taʼlim vazirligida tibbiyot xodimi sifatida ishlagan. U oʻz davrida davlat xizmatida ishlagan eng koʻp maosh oluvchi ayol edi[1].
Oʻlimi
tahrirKondachi 1970–yilda vafot etdi[1].