Irgʻiz (daryo)
Irgʻiz — Qozogʻiston Respublikasining Aqtoʻbe viloyatidagi daryo. Toʻrgʻayning oʻng irmogʻi. Uzunligi 593 km, havzasining maydoni 31,6 ming km2. Mugʻojar togʻlarining sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Yozda quyi qismi qurib, suv faqat daryo oʻzanining chuqurroq qismlarida saqlanib qoladi. Irgʻizning yuqori oqimida suvi chuchuk, quyi oqimida shoʻrroq. Asosan, qordan toʻyinadi. Quyilish joyida oʻrtacha yillik suv sarfi 7,56 m3/sek. Noyabrda muzlab aprelning ikkinchi yarmida muzdan boʻshaydi.[1]
Irgʻiz | |
---|---|
Ырғыз | |
Tavsif | |
Uzunligi | 593 km |
Havzasi | 31 600 km² |
Suv sarfi | 8 m³/s |
Suv oqimi | |
Boshlanishi | Mugʻojar togʻi |
· Balandligi | 320 m |
Quyilishi | Toʻrgʻay |
Joylashuvi | |
Davlat | Qozogʻiston |
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Водные ресурсы Актюбинской области (Wayback Machine saytida 2007-09-27 sanasida arxivlangan)
- Топонимика названия реки Иргиз. Башкирская легенда (Wayback Machine saytida 2008-10-06 sanasida arxivlangan)