Irina Baraksanova
Irina Valeryevna Baraksanova (1969-yil 4-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet gimnastikachisi. Jahon va SSSR chempioni. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi[1].
Irina Baraksanova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
4-iyul 1969-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Faoliyat yillari | 1983–1987 |
Sport | |
Murabbiy(lar)i | Valentina Barisova, Irina Razumovskaya, Viktor Razumovskiy |
Biografiyasi
tahrirIrina Valeryevna 1969-yil 4-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. „Spartak“ sport maktabida murabbiy Valentina Borisova rahbarligida gimnastika bilan shugʻullanishni boshlagan.
Irina Baraksanova, ayniqsa, xoda ustidagi mashqlarida oʻzining nafisligi, jozibasi va talqin qilish kuchi bilan mashhur edi.
U 1983-yilda SSSR xalqlarining VIII yozgi Spartakiadasida gimnastika muxlislari uchun yangilik qilib, u yerda birinchi marta „Moy laskoviy i nejniy zver“ filmidagi Yevgeniy Doga valsi ostida oʻzining mashhur xoda ustidagi mashqlarini ijro etdi. Keyin Irina 1984-yilda SSSR kubogida yuqori marralarni egallab, sakrash boʻyicha kumush hamda muvozanat va koʻpkurash mashqlarida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili xoda ustidagida mashq qilishda gʻalaba qozonib, SSSR chempioni boʻldi. Baraksanova 1984-yilda Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida qatnashish uchun SSSR Olimpiya terma jamoasiga qoʻshildi, ammo Sovet Ittifoqi tomonidan musobaqani boykot qilgani uchun ishtirok eta olmadi. „Muqobil Olimpiya oʻyinlari“ sifatida tashkil etilgan „Doʻstlik-84“ musobaqasida birinchi oʻrinni egalladi va Sovet jamoasi tarkibida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Sportchi 1985-yilda koʻpkurash boʻyicha SSSR kubogida kumush va notekis bar boʻyicha mashqlarda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, muvozanat turi mashqlarida gʻalaba qozonib, yana SSSR chempionatining oltin medali sohibasi boʻldi[2].
Baraksanova SSSR terma jamoasini boshqargan SSKA murabbiylari Irina va Viktor Razumovskiylar shogird tushdi. Oʻsha yili Monrealdagi Jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoaga qoʻshildi. Chempionat yakuniy natijalariga koʻra, Irina 1985-yilgi jahon chempioni boʻlib, jamoaviy bahslarda oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Sportchi koʻpkurash finalida va notekis bruslar sporti boʻyicha finalida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi, ammo soʻnggi lahzada ayollar jamoasi bosh murabbiyi Andrey Rodionenko Irina Baraksanova va Olga Mostepanovani kasal deb eʼlon qilib, ularning oʻrniga Yelena Shushunova va Oksana Omelyanchikni musobaqaga qoʻydi[3][4]. Natijada Omelyanchik va Shushunova bir xil ochko jamgʻargan holda mutlaq jahon chempioni boʻlishdi. Shundan soʻng, Baraksanova boshqa yuqori natijalar koʻrsatmadi va 1987-yilda sport karyerasini yakunladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Бараксанова Ирина Валерьевна“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
- ↑ „БАРАКСАНОВА Ирина Валерьевна“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
- ↑ „«Я ушла навсегда». Как великая победа сломала карьеру советской гимнастке Елене Шушуновой // А. Шитихин, championat.com“. 2023-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-aprel.
- ↑ „Не проиграть бы человека // С. Токарев, Огонёк, № 9 (3110), 28 февраля 1987, стр. 20“. 2023-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-aprel.