Irina Rîngaci (2001-yil 23-avgustda tugʻilgan) – moldovalik erkin kurashchi. Norvegiyaning Oslo shahrida 2021-yilda oʻtkazilgan kurash boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 65 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[1]. Moldova nomidan kurash boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi ayol kurashchidir. Rîngaci, shuningdek, kurash boʻyicha Yevropa chempionatida toʻrt karra, jumladan ikkita oltin medal sohibidir.

Irina Rîngaci

Irina Rîngaci Norvegiyaning Oslo shahrida bo'lib o'tgan 2021-yilgi kurash bo'yicha jahon chempionatida
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 23-avgust 2001-yil (2001-08-23) (22 yosh)
Leova, Moldova
Boʻyi 163cm
Vazni 65kg.
Sport
Mamlakat Moldova
Qaysi sport Erkin kurash
Murabbiy(lar)i Petru Chiperi, Andrei Chiperi

Karyera

tahrir

Argentinaning Buenos-Ayres shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi oʻsmirlar yozgi Olimpiadasida Rîngaci qizlar oʻrtasida 57 kg vazn toifasida 4-oʻrinni egallagan. 2019-yilda Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida 62 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritadi[2].

Serbiyaning Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan 2020-yili yakka kurash boʻyicha Jahon kubogida Rîngaci ayollar oʻrtasida 65 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan[3][4]. 2021-yil mart oyida Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa saralash turnirida 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olish umidida qatnashgan[5]. 2021-yil aprel oyida Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha 2021-yilgi Yevropa chempionatida Rîngaci oʻz musobaqasida oltin medali sohibi boʻlgan[6][7][8]. 2021-yilning may oyida Bolgariyaning Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan Jahon olimpiya saralash turnirida Rîngaci Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan[9]. Oʻsha oyning oxirida Shimoliy Makedoniyaning Skopye shahrida oʻtkazilgan 23 yoshgacha boʻlgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida oltin medalni[10], 2021-yilda Rossiyaning Ufa shahrida kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham oʻz yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritgan[11][12].

2022-yilda Bolgariyaning Veliko Tırnovo shahrida oʻtkazilgan Dan Kolov va Nikola Petrov turnirida Rîngaci ayollar oʻrtasida 68 kg vazn toifasida oltin medal[13], shuningdek, Bolgariyaning Plovdiv shahrida 2022-yilda boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha 23 yoshlilar oʻrtasida Yevropa chempionatida 68 kg vazn toifasida oltin medal sohibi boʻlgan[14]. Oʻsha oyda Rîngaci Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida 68 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[15][16]. Oltin medal uchun bahsda fransiyalik Paulin Lekarpentierni magʻlub etgan. Bir necha oy oʻtgach, Italiyaning Rimda boʻlib oʻtgan Matteo Pellicone Ranking Series 2022 musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan[17].

2022-yil sentabr oyida Serbiyaning Belgrad shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha 2022-yilgi jahon chempionatida Rîngaci 68 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[18][19]. Bir oy oʻtgach, Ispaniyaning Pontevedra shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi U23 kurash boʻyicha jahon chempionatida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[20].

Rîngaci Xorvatiyaning Zagreb shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilgi Grand Prix Zagreb Open turnirida ayollar oʻrtasida 68 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilda kurash boʻyicha U23 Yevropa chempionatida bronza medallaridan birini[21], 2023-yilda Xorvatiyaning Zagreb shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida 65 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan[22][23]. 2023-yil iyun oyida Rossiyaning Vladikavkaz shahrida boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha Poddubniy 5-ligasida Ríngachi rossiyalik Xanum Veliyevaga yutqazib qoʻygan[24].

Rîngaci Serbiyaning Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilda kurash boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 68 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[25]. Natijada 2024-yilda Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Moldova uchun kvota olish huquqini qoʻlga kiritgan[26]. Bronza medali uchun bahsda yaponiyalik Ami Ishini magʻlub etgan[25].

Rîngaci Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan 2024-yilgi kurash boʻyicha Yevropa chempionatida 65 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[27][28]. Bronza medali uchun bahsda turkiyalik Kadriye Aksoyni magʻlub etgan[28].

Yutuqlari

tahrir
Yil Turnir Manzil Natija Toifa
2021 Yevropa chempionati Varshava, Polsha 1 Erkin uslub 65 kg
Jahon chempionatlari Oslo, Norvegiya 1 Erkin uslub 65 kg
2022 Yevropa chempionati Budapesht, Vengriya 1 Erkin uslub 68 kg
Jahon chempionatlari Belgrad, Serbiya 3 Erkin uslub 68 kg
2023 Yevropa chempionati Zagreb, Xorvatiya 2 Erkin uslub 65 kg
Jahon chempionatlari Belgrad, Serbiya 3 Erkin uslub 68 kg
2024 Yevropa chempionati Buxarest, Ruminiya 3 Erkin uslub 65 kg

Manbalar

tahrir
  1. „2021 World Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 2021-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-oktyabr.
  2. „2019 World U23 Wrestling Championship“. United World Wrestling. 2019-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-avgust.
  3. Shefferd, Neil. „Russia claim team title on final day of women's action at UWW Individual World Cup“. InsideTheGames.biz (2020-yil 16-dekabr). 2020-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  4. „2020 Individual Wrestling World Cup Results Book“. United World Wrestling. 2020-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  5. „2021 European Wrestling Olympic Qualification Tournament Results Book“. United World Wrestling. 2021-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-mart.
  6. Burke, Patrick. „Adelaine Maria Gray wins sixth title at Wrestling World Championships“. InsideTheGames.biz (2021-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-oktyabr.
  7. Berkeley, Geoff. „Ukraine bag brace of women's wrestling golds at European Championships“. InsideTheGames.biz (2021-yil 23-aprel). Qaraldi: 2021-yil 23-aprel.
  8. „2021 European Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 2021-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
  9. „2021 World Wrestling Olympic Qualification Tournament Results Book“. United World Wrestling. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-may.
  10. „2021 European U23 Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
  11. Iveson, Ali. „Blades' sharp win earns US women's team title at UWW Junior World Championships“. InsideTheGames.biz (2021-yil 20-avgust). Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
  12. „2021 World Junior Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 2021-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  13. „2022 Dan Kolov & Nikola Petrov Tournament Results Book“. United World Wrestling. 2022-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
  14. „2022 European U23 Wrestling Championship Results Book“. United World Wrestling. 2022-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
  15. Lloyd, Owen. „Two golds apiece for Moldova and Turkey at European Wrestling Championships“. InsideTheGames.biz (2022-yil 31-mart). Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
  16. „2022 European Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 2022-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
  17. „Matteo Pellicone Ranking Series 2022 Results Book“. United World Wrestling. 2022-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyun.
  18. Brennan, Eliott. „Olympic champion Stock-Mensah resumes title success at World Wrestling Championships“. InsideTheGames.biz (2022-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  19. „2022 World Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 2022-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  20. „2022 U23 World Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 2022-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-oktyabr.
  21. „2023 European U23 Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling (2023-yil 20-mart). 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
  22. Lloyd, Owen. „Ukraine take golden double at European Wrestling Championships after day four disappointment“. InsideTheGames.biz (2023-yil 21-aprel). Qaraldi: 2023-yil 22-aprel.
  23. „2023 European Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 2023-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
  24. „15 россиян победили на PWL-5 WS“. wrestliga.com. Qaraldi: 2023-yil 30-iyul.
  25. 25,0 25,1 „2023 World Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 2023-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
  26. „Qualification System – Games of the XXXIII Olympiad – Paris 2024 – Wrestling“. United World Wrestling. 2024-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  27. Khalatyan, Rafael. „Bucharest 2024 Day 5: Ukraine wins team title in women's wrestling“. InsideTheGames.biz (2024-yil 17-fevral). Qaraldi: 2024-yil 22-fevral.
  28. 28,0 28,1 „2024 European Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 2024-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.