Irina Viktorovna Tebenixina (1978-yil 5-dekabr, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR) — rossiyalik voleybolchi. 2004-yilgi Olimpiada oʻyinlarining kumush medali sovrindori, ikki karra Yevropa chempioni, uch karra Rossiya chempioni. Maydondagi pozitsiyasi — markaziy blokirovka. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi .

Irina Viktorovna Tebenixina
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol)
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 1978-yil 5-dekabr
Oʻzbekiston respublikasi, Fargʻona viloyati
Boʻyi 190 sm
Sport
Qaysi sport voleybol
Faol tomoni markaziy blokirovka

Biografiyasi

tahrir

Irina Tebenixina Oʻzbekiston SSR Fargʻona shahrida murabbiy Maya Ivanovna Domnidi bilan voleybol oʻynashni boshlagan. 1990-yillarning oʻrtalaridan Yekaterinburgdagi 1-sonli olimpiya zaxiralari maktabida faoliyat olib borgan.

Irina 2009-yilda homiladorligi sababli sport faoliyatida tanaffus eʼlon qiladi va oʻsha yilning 24-dekabrida qiz farzandini dunyoga keltiradi[1]

Irina Tebenixina quyidagi jamoalar safida oʻyin olib borgan:

  • 1995 — 1996 — „Malaxit“ (Yekaterinburg);
  • 1996 — 2001 — „Uraltransbank“/"Aeroflot-Malaxit" (Yekaterinburg);
  • 2001 — 2003 — „Uralochka-NTMK“ (Sverdlovsk viloyati);
  • 2003 — 2004 — „Dinamo“ (Moskva viloyati);
  • 2004 — 2009 — „Uralochka-NTMK“ (Sverdlovsk viloyati).

3 karra Rossiya chempioni (2002, 2003, 2005), 4 karra kumush (1998, 1999, 2000, 2004) va 3 karra bronza (1997, 2001, 2009) medallari sohibi. Yevropa chempionlar kubogining ikki karra kumush medali sohibi (1997, 1999), 1999-yilgi CEV kubogi bronza medali sohibi.

Rossiya yoshlar terma jamoasi tarkibida oʻyin olib borgan va 1997-yilgi jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. 1995-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori, 1997, 1999-yilgi Yevropa chempioni va 1996-yilgi Yevropa chempionati kumush medali sovrindori bo‘lgan. Rossiya oʻsmirlar terma jamoasi safida 1995-yilda qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan va 1995-yilgi Yevropa chempioniga aylangan. Rossiya talabalar jamoasi tarkibida Jahon Universiadasining ikki karra kumush medali sovrindori (1999, 2001).

1997—1999 va 2003—2004-yillarda Rossiya terma jamoasida oʻynagan. Jamoa bilan birgalikda quyidagi natijalarni qoʻlga kiritgan:

  • 2004-yilgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori;
  • 1998-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori;
  • 1999-yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori;
  • 1997-yilgi jahon chempionlar kubogi gʻolibi;
  • ikki karra Gran-pri gʻolibi (1997, 1999) va ikki karra sovrindori;
  • ikki karra Yevropa chempioni (1997, 1999).

Mukofotlari va unvonlari

tahrir
  • Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi;
  • Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi, yuqori sport yutuqlari uchun II darajali "Vatanga xizmatlari uchun" ordeni (2006-yil 3-oktyabr) sohibi[2].

Manbalar

tahrir
  1. „«Irina Tebenikhina has a baby girl»“.[sayt ishlamaydi]
  2. Ukaz Prezidenta RF ot 3 oktabrya 2006 g. № 1064

Havolalar

tahrir