Iris Kadrić (talaffuzi: Iris Kadrich; 1994-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — futbolchi, hujumchi[1]. Shvetsiyada tugʻilgan futbolchi toʻrt marta Bosniya va Gersegovina ayollar terma jamoasida oʻynagan.

Iris Kadrić
Kadrić 2013-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 16-sentyabr 1994-yil (1994-09-16) (29 yosh)
Tavallud joyi Borås, Shvetsiya
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
IK Frisco
Herrljunga
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010-2011 Falköpings KIK 35 (6)
2013 Vara SK 6 (1)
2013-2014 SFK 2000
2014-2015 Skövde KIK 13 (10)
Milliy terma jamoa
Shvetsiya U17
Bosniya va Gersogovina U19 9 (3)
2013-2014 Bosniya va Gersogovina 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 19-oktyabr uchun)

Shaxsiy hayoti tahrir

Kadrić Shvetsiyaning Boras shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi Saraevoda (oʻsha paytda Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi, hozirgi Bosniya va Gersegovinaning bir qismi) tugʻilgan, ammo Bosniya urushi tufayli 1992-yilda Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan[2][3]. Kadrić ikki fuqarolikka ega boʻlgani uchun u Shvetsiya yoki Bosniya va Gertsegovina termalarida oʻynash huquqiga ega edi[2][3].

Faoliyati tahrir

Klubda tahrir

15 yoshida Kadrić Falköpings KIK U17 bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik u kattalar jamoasida oʻynadi. 2011-yilda Kadrić Shvetsiya 1-divizionida „Falköpings KIK“ safida 19 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan[3][4]. Kadrić Shvetsiyaning IK Frisco va Herrlyunga jamoalarida ham oʻynagan[2]. 2013-2014-yilgi mavsumda Kadrić Bosniya va Gersegovina ayollar Premer-ligasi SFK 2000 jamoasida oʻynagan va u bilan 2013-2014-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida uchta oʻyinda maydonga tushgan[4][5][6]. 2015-yilgi mavsumda u Shvetsiyaning 1-divizioni Skövde KIK jamoasiga qoʻshildi. 2015-yil iyun oyida terma jamoa safida o‘ziga jarohat yetkazib oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi[7].

Terma jamoada tahrir

Kadrić Shvetsiya U17 terma jamoasida oʻynagan. Keyin U19 jamoasida oʻynash uchun Bosniya va Gersegovinaga terma jamoasiga oʻtishga qaror qilgan[3]. Oʻshanda u kelajakda ham Shvetsiya kattalar jamoasida oʻynashni xohlashini aytdi[3][8]. Bosniya va Gersegovina U19 terma jamoasida 2012-yilgi UEFA U-19 Ayollar chempionati birinchi saralash bosqichida oʻynagan, Moldova U19 termasiga qarshi oʻyinda ikki marta gol urgan[9] va 2013-yilgi UEFA U-19 Ayollar chempionati birinchi saralash bosqichida Chexiya Respublika U19 ga gol urgan[10]. U birinchi marta 2013-yil iyul oyida Bosniya va Gersegovina ayollar futbol terma jamoasiga chaqirilgan[5]. Milliy terma jamoa safida 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati saralash bosqichida, Shotlandiya, Shvetsiya, Shimoliy Irlandiya va Farer orollariga qarshi oʻyinlarni oʻtkazdi[1]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Iris Kadrić“. UEFA. 2017-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „"Anser att tjejer ska hålla på med annat"“ (sv). Expressen (2013-yil 26-oktyabr). 2014-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Intervju med landslagsspelaren Iris Kadric: "Vore sjukt kul att spela i ett professionellt lag utomlands"“ (sv) (2012-yil 14-oktyabr). 2018-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 „Iris Kadric“ (fr). Football365. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.
  5. 5,0 5,1 Bankemyhr, Jesper. „IRIS KADRIC LÄMNAR VARA FÖR SPEL I BOSNIEN“ (sv). Lokal Football (2013-yil 23-iyul). 2022-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.
  6. „Iris Kadrić“ (de). Bild. 2018-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.
  7. „Tunga tapp för Skövde KIK“ (sv). Skövde Nyheter (2016-yil 4-fevral). 2016-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.
  8. Björck, Jane. „"Fotboll inte lika populärt"“ (sv). Sveriges Television Sport (2013-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 21-oktyabr.
  9. „Moldova 0-2 Bosnia and Herzegovina“. UEFA (2011-yil 22-sentyabr). 2012-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.
  10. „Czech Republic 6–1 Bosnia and Herzegovina“. UEFA (2012-yil 20-oktyabr). 2013-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.