Iris albicans
Iris albicans, shuningdek, qabriston irisi, oq qabriston irisi yoki oq bayroq irisi sifatida ham tanilgan, musulmon mamlakatlarida qabrlarga ekilagan va Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning ko'plab mamlakatlarida o'sadigan iris turi. Keyinchalik Ispaniyaga va boshqa Yevropa mamlakatlarga olib kirilgan[1]. Bu tur tabiiy gibrid.
Iris albicans | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
O‘simliklar | |
Yuksak oʻsimliklar | |
Gulli oʻsimliklar | |
Bir urugʻpallalilar | |
Asparagales | |
Iridaceae | |
Iris | |
Iris subg. Iris | |
Iris sect. Iris | |
I. albicans
| |
Binar nomi | |
Iris albicans | |
Sinonimlar | |
|
Bo‘yi 30-60 sm gacha o'sadi. Barglari kulrang-yashil, keng qilich shaklida[2]. To‘pguli yelpig‘ichsimon bo‘lib, ikki yoki uchta xushbo‘y guldan iborat. Bu tur steril duragay bo'lib, ildizpoyalari bilan tarqaladi, chunki urug' hosil qila olmaydi.
Iris albicans qadim zamonlardan beri o'stiriladigan eng qadimgi iris turi bo'lishi mumkin. 1860-yilda Lange tomonidan to'plangan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘simlik kamida miloddan avvalgi 1400-yildan beri yetishtiriladi. U Yaman va Saudiya Arabistonidan kelib chiqqan bo'lib, u miloddan avvalgi 1426-yilda qadimgi Fivadagi Karnakdagi Amun ibodatxonasidagi Tutmos III botanika bog'ining devor rasmida uchraydi.
Iris albicans Tasmaniya yong'inga qarshi xizmati tomonidan past yonuvchan o'simliklar ro'yxatiga kiritilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Iris Species Database“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.
- ↑ „Royal Horticultural Society - RHS Horticultural Database“. 2007-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 18-fevral.
- ↑ Chladil and Sheridan. „Fire retardant garden plants for the urban fringe and rural areas“. www.fire.tas.gov.au. Tasmanian Fire Research Fund.