Iris pseudacorus
Iris pseudacorus, sariq bayroq, sariq iris yoki suv bayrogʻi, Gulsapsardoshlat oilasiga mansub gulli oʻsimliklarning bir turi. Uning vatani Yevropa, Gʻarbiy Osiyo va shimoli-gʻarbiy Afrika. Uning binar nomi pseudacorus „soxta akorus“ degan maʼnoni anglatadi, bu uning barglari Acorus calamus (shirin bayroq) barglariga oʻxshashligini anglatadi. Biroq, bu ikki oʻsimlik bir-biri bilan bogʻliq emas. Gul odatda fleur-de-lis bilan bogʻliq.
Iris pseudacorus | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
O‘simliklar | |
Yuksak oʻsimliklar | |
Gulli oʻsimliklar | |
Bir urugʻpallalilar | |
Asparagales | |
Gulsapsardoshlar | |
Iris | |
Iris subg. Limniris | |
Iris sect. Limniris | |
Iris ser. Laevigatae | |
I. pseudacorus
| |
Binar nomi | |
Iris pseudacorus | |
Sinonimlar | |
|
Tavsif
tahrirBu tur gulli koʻp yillik oʻsimlik bo‘yi 100–150 cm (39–59 in) gacha oʻsadi, kamdan-kam hollarda 2 m (6 ft 7 in)gacha o‘sishi mumkin. Gullari yorqin sariq, uzunligi 7–10 cm (2.8–3.9 in). Meva uzunligi 4–7 cm (1.6–2.8 in) quruq ko‘sak, ichida koʻp sonli och jigarrang urugʻlari bor.
I. pseudacorus juda nam sharoitda yaxshi oʻsadi va suv botqoqliklarida keng tarqalgan boʻlib, u suv ostida, past pH va anoksik tuproqlarga chidamli. Oʻsimlik ildizpoyalari va urugʻlari bilan tez tarqaladi. U qo‘g‘aga oʻxshab sayozroq suvda. Bu o‘simlik suvda o‘suvchi bo‘lsa ham, ildizpoyalari uzoq vaqt quruq sharoitda saqlanishi mumkin.
I. pseudacorus — Buyuk Britaniyadan kelib chiqqan ikki xil iris turlaridan biri, ikkinchisi — Iris foetidissima (hidlangan iris).
Gulbarg ham poyasi ham hayvonlar va o‘simliklar uchun zaharli hisoblanadi.
Kultivatsiya
tahrirU moʻtadil iqlimli hududlarda manzarali oʻsimlik sifatida[1] keng o‘stiriladi, botqoq bogʻini yaratish uchun bir nechta navlari tanlangan. Quyidagi navlar Qirollik bogʻdorchilik jamiyatining bogʻdagi xizmatlari uchun mukofotiga sazovor boʻldi[2]:
Maʼlum boʻlgan boshqa navlar orasida; Alba (och krem gulli) va Golden Fleece (toʻq sariq gulli)[6].
Ilgari u suv ko‘p boʻlgan Malta orolida Mdina shahrining ariqlarida oʻsgan, ammo ariq taʼmirlanganidan keyin bu hududdan yoʻqolgan[7].
Invaziv turlar
tahrirBaʼzi hududlarda (jumladan, AQSh va Janubiy Afrikada)[8] o‘simlik invaziv tur hisoblanadi. Qayerda invaziv tur sifatida qayd qilingan bo‘lsa, uni yo‘qotish qiyin. Hatto ildizpoyalarni yig‘ib olish ham koʻpincha samarasiz boʻladi. Baʼzi hududlarda ekish taqiqlangan, ammo baʼzida bogʻlarda foydalanish uchun sotiladi[9].
Iris pseudacorus Konnektikut, Delaver, Merilend, Nyu-Xempshir, Shimoliy Karolina, Oregon, Tennessi, Virjiniya, Vermont, Vashington, Viskonsin va Gʻarbiy Virjiniya shtatlarida invaziv tur hisoblanadi[10].
Shtat/viloyat | Birinchi marta topilgan |
---|---|
IL | 2009-yil |
IN | 1982-yil |
MI | 1932-yil |
MN | 2008-yil |
NY | 1882-yil |
OH | 2013-yil |
PA | 1954-yil |
VT | 1909-yil |
WI | 2005-yil |
Toksiklik va foydalanish
tahrirOʻsimlikning ildizlari va barglari zaharli hisoblanadi[11].
Bu oʻsimlik suvni tozalashda ishlatilgan, chunki u oʻz ildizlari orqali makronutrientlarni (masalan, azot va fosfor) oʻzlashtira oladi[12].
Shuningdek, u suvdagi yuqori shoʻrlanish darajasiga bardosh bera oladi[13].
Galereya
tahrir-
Ochilgan gul
-
Iris pseudacorus
-
Gullar
-
Iris pseudacorus
-
Meva
Manbalar
tahrir- ↑ „RHS Plant Selector - Iris pseudacorus“. Qaraldi: 2013-yil 24-iyun.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „AGM Plants - Ornamental“. Royal Horticultural Society (2017-yil iyul). Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
- ↑ „Roy Davidson“. RHS. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
- ↑ „RHS Plant Selector - Iris pseudacorus 'Variegata'“. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
- ↑ Spencer-Jones, Rae. Wild Flowers of Britain and Ireland. London: Kyle Cathie Limited, 2005 — 88-bet. ISBN 9781856265034.
- ↑ Spencer-Jones, Rae. Wild Flowers of Britain and Ireland. London: Kyle Cathie Limited, 2005 — 88-bet. ISBN 9781856265034.
- ↑ Schembri, Patrick J.. Ilma, Blat u Hajja: Is-Sisien tal-Ambjent Naturali Malti (mt), 2011 — 81-bet. ISBN 978-99909-44-48-8.
- ↑ {{{editor}}}: „Centre for Biological Control Annual Report 2019“. Centre for Biological Control, Rhodes University.
- ↑ McIntosh, Jamie. „9 Top Types of Iris for the Flower Garden“ (en). The Spruce (2021-yil 21-iyun). Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.
- ↑ Laboratory. „NOAA National Center for Research on Aquatic Invasive Species (NCRAIS)“. nas.er.usgs.gov. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
- ↑ Elias, Thomas S.. Edible Wild Plants: A North American Field Guide to Over 200 Natural Foods. New York: Sterling [1982], 2009 — 261-bet. ISBN 978-1-4027-6715-9. OCLC 244766414.
- ↑ Mohseni-Bandpei, A. (2010). "Nitrogen and phosphorus removal from wastewater by subsurface wetlands planted with Iris pseudacorus". Ecological Engineering 36 (6): 777–782. doi:10.1016/j.ecoleng.2010.02.002.
- ↑ Zhao, Huilin; Wang, Fen; Ji, Min (2015). "Brackish Eutrophic Water Treatment by Iris pseudacorus L.-Planted Microcosms: Physiological Responses of Iris pseudacorus L. to Salinity". International Journal of Phytoremediation 17 (9): 814–821. doi:10.1080/15226514.2014.981240. PMID 25529785.