Irlandiya ayollar milliy ligasi

Irlandiya ayollar milliy ligasi (qisqartmasi: WNL; irl.: Sraith Náisiúnta na mBan) Irlandiya Respublikasidagi ayollar futbol assotsiatsiyasining yuqori darajadagi ligasi. Irlandiya ayollar milliy ligasi Irlandiya Futbol Assotsiatsiyasi va Irlandiya Ayollar Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan birgalikda tashkil etilgan. LFAI (Irlandiya ayollar futbol assotsiatsiyasi) ilgari 1970 va 1980-yillarda Irlandiya ayollar ligasi deb nomlanuvchi ayollar milliy ligasini tashkil qilgan. Joriy Irlandiya ayollar milliy ligasi 2011-yilda tashkil etilgan[1]. Irlandiya ayollar milliy ligasining ilk gʻolibi Peamount United jamoasi edi[2]. Irlandiya ayollar milliy ligasi gʻolib jamoasi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasiga yoʻllanma oladi[3].

Irlandiya ayollar milliy ligasi
Davlat Irlandiya bayrogʻi Irlandiya
Konfederatsiya UEFA
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1-darajali
Tashkil etilgan 2011
Jamoalar soni 11
Pastki liga -
Ichki kuboklar FAI Ayollar Kubogi
Xalqaro musobaqalar UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi
Amaldagi chempion Shelbourne
Eng koʻp marta chempion Wexford Youths (4 marta)
TV hamkorlar TG4 telekanali
Veb-sayt wnl.fai.ie
Amaldagi oʻyin 2022-yilgi mavsum Irlandiya ayollar milliy ligasi

Tarixi tahrir

Irlandiya ayollar ligasi tahrir

Irlandiya ayollar futbol assotsiatsiyasi birinchi marta 1973-yilda ayollar milliy ligasini tashkil qilgan. Bu liga Irlandiya ayollar ligasi nomi bilan tanilgan. Dastlab Irlandiya ayollar ligasida oʻn ikkita jamoa ishtirok etishga taklif qilingan. Ular orasida Dundalk, Finn Harps, Cork Celtic, Limerick va Sligo Rovers kabi Irlandiya erkaklar ligasi klublari bilan bogʻlangan bir nechta jamoalar bor edi. Boshqalar qatoriga Benfica, Evergreen, Avengers (Dublin), Cahir Park (Tipperary) va Galway shahrining uchta jamoasi — Beejays, Happy Wanderers va Wasps jamoalari ham Irlandiya ayollar ligasiga kirdi.

Irlandiya ayollar ligasi 1973-yil mart oyida boshlangan va ligada jamoalar oʻttiz besh daqiqalik boʻlimlarni oʻtkazishgan[4][5][6].

Irlandiya ayollar milliy ligasi tahrir

Hozirgi ayollar milliy ligasi 2011-2012 yillarda tuzilgan. Dastlab yettita klub Irlandiya ayollar milliy ligasiga qoʻshilishga taklif qilingan edi. Ular orasida Peamount United, Castlebar Celtic, Cork Womenʼs FC, Raheny United, Shamrock Rovers, Wexford Youths va Bray Wanderers jamoalari bor edi[7][8]. Irlandiya ayollar milliy ligasi UEFA moliyaviy koʻmagida tashkil etilgan[9]. Yigirma oltita klub Irlandiya ayollar milliy ligasining ilk mavsumiga qoʻshilish uchun ariza topshirgan edi, lekin faqat 7 ta jamoa qabul qilindi[10]. „Pimaunt United“ Irlandiya ayollar milliy ligasining ilk chempioni bo‘ldi va ikkinchi o‘rindagi „Reyni United“ jamoasidan 3 ochkolik farq bilan chempion bo‘ldi[11]. Keyingi ikki mavsumda, 2012-2013 va 2013-2014-yilgi mavsumlarda, Raheny United jamoasi Irlandiya ayollar milliy ligasi chempioni boʻldi[12][13].

Irlandiya ayollar milliy ligasi 2013-yil oktabr oyida Stephani Rochening „Peamount United“ jamoasi safida Wexford Youths jamoasiga qarshi o‘yinda urgan golidan so‘ng xalqaro eʼtiborga sazovor bo‘ldi va bu gol YouTubeʼda tarqalib ketdi[14][15]. Bu vaqtda Irlandiya ayollar milliy ligasi oʻyinlari televideniyeda koʻrsatilmagani uchun gol tasvirini jamoa bosh murabbiyi Eileen Gleeson internetga yuklagan[16][17].

2017: Yangi oʻzgarishlar tahrir

2016-yilda Irlandiya ayollar milliy ligasi avgustdan dekabrgacha qisqartirilgan mavsumga oʻtkazildi. Unga koʻra Irlandiya ayollar milliy ligasidagi har bir jamoa 14 ta oʻyin oʻtkazdi[18]. 2017-yildan boshlab Irlandiya ayollar milliy ligasi yozgi ligaga aylantirildi[19].

Irlandiya ayollar milliy ligasi oʻzining 10 yilligini 2021-yilda yangi homiy (SSE Airtricity) tashkilot bilan nishonladi. Irlandiya ayollar milliy ligasi Irlandiya erkaklar ligasi bilan bir xil homiyga ega[20].

2022-yilgi mavsum jamoalari tahrir

Jamoa Joylashgan shahar Uy stadioni 2021-mavsumdagi oʻrni
Athlone Town Athlone Athlone Town Stadium 7
Bohemians Dublin (Phibsborough) Dalymount Park 6
Cork City Cork Turners Cross 8
DLR Waves Dún Laoghaire UCD Bowl 4
Galway Galway Eamonn Deacy Park 5
Peamount United Newcastle, South Dublin Greenogue 2
Shelbourne Dublin (Drumcondra) Tolka Park 1
Sligo Rovers Sligo The Showgrounds -
Treaty United Limerick Markets Field 9
Wexford Youths Crossabeg Ferrycarrig Park 3

Homiylik tahrir

2011-2012 va 2013-2014-yilgi mavsumning oxiri oraligʻida Irlandiya ayollar milliy ligasiga Bus Éireann kompaniyasi homiylik qilgan. 2014-yil 20-avgustda Aviva stadionida Continental Tyres kompaniyasi Irlandiya Respublikasidagi ayollar futbol assotsiatsiyasi uchun kengroq homiylik shartnomasi doirasida Ayollar milliy ligasi va FAI ayollar kubogining yangi bosh homiysi sifatida eʼlon qilindi[21][22]. 2019-yil 5-mart kuni Irlandiya ayollar milliy ligasining toʻqqizinchi mavsumi boshlandi va bu mavsumda Só Hotels tashkiloti yangi homiy sifatida eʼlon qilindi[23]. 2020-yilda Irlandiya ayollar milliy ligasida asosiy homiysi yoʻq edi, chunki Só Hotels tashkiloti oʻtgan mavsumdagi homiylik shartnomasini yangilashni rad etgandi[24][25].

2021-yil yanvar oyida Irlandiya ayollar milliy ligasi oʻziga yangi bosh homiyni jalb qilishni rejalashtirdi va SSE Airtricity (Irlandiya erkaklar ligasi homiysi) bilan amaldagi shartnoma imzoladi[26]. Irlandiya Banki ham Irlandiya ayollar milliy ligasi va WNLning assotsiatsiya yordamchi homiysi sifatida uch yillik shartnoma imzoladi[27].

Homiylik qilgan davr Homiy tashkilot Brend nomi
2011-2013 Éireann avtobusi Bus Éireann ayollar milliy ligasi
2014-2018 Kontinental shinalar Continental Tyres ayollar milliy ligasi
2019 Só mehmonxonalari Só Hotels Ayollar milliy ligasi
2020 - Irlandiya ayollar milliy ligasi (rasmiy nomi)
2021-hozirga qadar SSE Airtricity SSE Airtricity ayollar milliy ligasi

Chempion jamoalar roʻyxati tahrir

Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Eng yaxshi toʻpurar

(klubi)

Gollar soni
2011-2012 Peamount United Raheny United Cork Women's F.C. Stephanie Roche (Peamount United) 24[28]
2012-2013 Raheny United Peamount United Wexford Youths Sara Lawlor (Peamount United) 28[29]
2013-2014 Raheny United Peamount United Wexford Youths Stephanie Roche (Peamount United) [30][31]
2014-2015 Wexford Youths UCD Waves Raheny United Áine O'Gorman (UCD Waves) 25[32]
2015-2016 Wexford Youths Shelbourne UCD Waves Áine O'Gorman (UCD Waves) 17[33]
2016 Shelbourne UCD Waves Peamount United Amber Barrett (Peamount United) 16[34]
2017 Wexford Youths Peamount United Shelbourne Amber Barrett (Peamount United) 16[35]
2018 Wexford Youths Shelbourne Peamount United Amber Barrett (Peamount United) 30[36]
2019 Peamount United Shelbourne Wexford Youths Rianna Jarrett (Wexford Youths) 26
2020 Peamount United Shelbourne Wexford Youths Áine O'Gorman (Peamount United) 14[37]
2021 Shelbourne Peamount United Wexford Youths Áine O'Gorman (Peamount United) 16[38]

WNL kubogi chempionlari tahrir

Mavsum Chempion Hisob Ikkinchi oʻrin Final oʻtkazilgan joy
2011-12[11] Peamount United 1-0 Shamrock Rovers Tallaght Stadium
2012-13[39] Peamount United 6-3 Castlebar Celtic Milebush Park, Castlebar
2013-14[40] Wexford Youths 3-0 Castlebar Celtic Ferrycarrig Park[41]
2014-15[42] Raheny United 3-2 (qoʻshimcha vaqtda) Peamount United Tolka Park
2015-16[43] Shelbourne 3-2 UCD Waves Richmond Park
2017[44] Shelbourne 1-1 (qoʻshimcha vaqtda)
5-4 (penaltilar seriyasida)
Peamount United Greenogue
2018[45] Peamount United 2-1 Wexford Youths Ferrycarrig Park
2019[46] Shelbourne 1-0 Wexford Youths Ferrycarrig Park
2020 Covid-19 pandemiyasi sababli toʻxtatilgan[47]

"WNL Shield" kubogi chempionlari tahrir

Mavsum Chempion Hisob Ikkinchi oʻrin Final oʻtkazilgan joy
2015-2016 Wexford Youths 1-0[48] Shelbourne Ferrycarrig Park

Manbalar tahrir

  1. „FAI announce new Women's League“. RTÉ Sport (2011-yil 3-avgust). 2012-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-avgust.
  2. „Peamount are crowned Bus Eireann Women's League Cup Final Winners“. wnl.fai.ie (2012-yil 6-may). 2012-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
  3. „Irish women's league to launch“. www.uefa.com (2011-yil 3-avgust). Qaraldi: 2011-yil 2-sentyabr.
  4. League of Ireland for Kilkenny. Kilkenny People (1973-yil 16-fevral), s. 15.
  5. Ladies Soccer. Munster Express (1973-yil 6-iyul), s. 19.
  6. Limerick ladies suffer defeat. Irish Examiner (1973-yil 22-avgust), s. 12.
  7. „FAI announce new Women's League“. RTÉ Sport (2011-yil 3-avgust). 2012-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-avgust. „FAI announce new Womenʼs League“. RTÉ Sport. 3 August 2011. Archived from the original on 9 September 2012. Retrieved 6 August 2011.
  8. „Irish women's league to launch“. www.uefa.com (2011-yil 3-avgust). Qaraldi: 2011-yil 2-sentyabr. „Irish womenʼs league to launch“. www.uefa.com. 3 August 2011. Retrieved 2 September 2011.
  9. „UEFA funding helps women's national football league launch in Republic of Ireland“. UEFA (2011-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 20-oktyabr.
  10. „Women's league set to kick off in style“. www.irishexaminer.com (2011-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 13-may.
  11. 11,0 11,1 „Peamount are crowned Bus Eireann Women's League Cup Final Winners“. wnl.fai.ie (2012-yil 6-may). 2012-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr. „Peamount are crowned Bus Eireann Womenʼs League Cup Final Winners“ (Wayback Machine saytida 2012-07-04 sanasida arxivlangan). wnl.fai.ie. 6 May 2012. Retrieved 20 May 2013.
  12. „Raheny United claim Women's National League title (2012-2013)“. rte.ie (2013-yil 12-may). Qaraldi: 2014-yil 18-mart.
  13. „Raheny United claim Women's National League title (2013-2014)“. rte.ie (2014-yil 27-aprel). Qaraldi: 2014-yil 11-noyabr.
  14. „Today on YouTube: Stephanie Roche scores goal of the season contender for Peamount United“. The Daily Telegraph (2013-yil 21-oktyabr). 2013-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-oktyabr.
  15. Kelly, Rory. „Stephanie Roche Goal – The World Reacts – Passes 1 million views“. ExtraTime.ie (2013-yil 21-oktyabr). 2013-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-oktyabr.
  16. „Stephanie Roche talks us through her wonder strike“. Raidió Teilifís Éireann (2013-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 22-oktyabr.
  17. „WNL Play-Off Report: Shelbourne Ladies 1–2 Wexford Youths Women“. www.extratime.ie (2016-yil 22-may). 2019-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
  18. „WNL Set to Kick off - Women's National League“. 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
  19. „FAI unveil 2016 WNL fixtures and confirm northwest team still in the plans for 2017 | Ocean FM“. 2016-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  20. „SSE Airtricity extends title sponsorship of League of Ireland“. The Irish Times (2021-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 20-yanvar.
  21. „Bus Éireann announced as sponsor of Women's National League“. FAI.ie (2011-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 29-sentyabr.
  22. „Women's Soccer Secures Continental Backing“. Sport for Business (2014-yil 21-avgust). Qaraldi: 2016-yil 3-yanvar.
  23. „Só Hotel Group confirmed as Women's National League sponsor“. FAI Women’s National League (2019-yil 6-mart). 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
  24. „Women's National League to kick off on 8 August“. RTÉ Sport (2020-yil 17-iyul). Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  25. „Barretstown unveiled as WNL charity partner“. Football Association of Ireland (2010-yil 24-iyul). Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  26. O'Halloran, Rob. „Huge boost for Irish football as LOI and WNL land new title sponsorship deal“. Extra.ie. DMG Media (2021-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.
  27. „Bank of Ireland signs on as Associate LOI Sponsor“. Football Association of Ireland (2021-yil 4-fevral). Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.
  28. „2011-12 stats at wnl.fai.ie“. 2016-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-yanvar.
  29. „Season Statistics“. Qaraldi: 2014-yil 17-fevral. [sayt ishlamaydi]
  30. „Dash sign Irish int'l forward Stephanie Roche“. National Women's Soccer League (2015-yil 18-fevral). Qaraldi: 2016-yil 9-yanvar.
  31. Heigh, Rob. „Russell nets player award“. Dublin Gazette Newspapers (2014-yil 8-may). 2016-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-yanvar.
  32. Hooper, Dave. „UCD Waves guarantee second spot“. Football Association of Ireland (2015-yil 30-aprel). 2022-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-yanvar.
  33. „2015/16 Continental Tyres WNL Awards winners unveiled“. www.fai.ie (2016-yil 18-may). Qaraldi: 2016-yil 7-iyun.
  34. „ROUND-UP: Shels Finish Unbeaten, Wins for UCD and Wexford“. wnl.fai.ie (2016-yil 5-dekabr). — „Barrett’s strike was her 16th of the season and seals the golden boot award.“. 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
  35. „Donegal's Amber Barrett named player of the year“. oceanfm.ie. Ocean FM (2017-yil 8-noyabr).
  36. „Peamount United striker Amber Barrett wins golden boot for second year running“.
  37. „Top Scorers - 2020 Women's National League“. Extratime.com. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  38. Healy, Martin. „Wexford Youth's Kylie Murphy claims Player of the Year prize at SSE Airtricity Women's National League Awards“. Extra.ie. DMG Media (2021-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  39. „Peamount retain League Cup title“. shekicks.net (2013-yil 20-may). 2014-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-may.
  40. „Wexford win first trophy“. She Kicks (2014-yil 19-may). 2016-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-yanvar.
  41. „Wexford Youths 3–0 Castlebar Celtic“. extratime.ie (2014-yil 18-may). Qaraldi: 2016-yil 14-may.
  42. „Extra-time triumph for Raheny United in women's league cup final“. www.irishtimes.com (2015-yil 26-aprel).
  43. „Shelbourne Ladies win Continental Tyres WNL Cup“. www.fai.ie (2016-yil 15-may). Qaraldi: 2016-yil 18-may.
  44. „Penalty shootout drama as Shelbourne Ladies retain WNL Cup“. rte.ie (2017-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 4-dekabr.
  45. „REPORT: Wexford Youths 1-2 Peamount United - Peamount are WNL Cup Champions - Women's National League“. 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
  46. „2021 Fixtures / Results - Senior Women“. 2022-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
  47. O'Hehir, Paul. „FAI set June 28 target start date for Women's National League“. Daily Mirror (2020-yil 27-mart). Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  48. „Wexford edge Shels in WNL Shield Final“. wnl.fai.ie (2016-yil 30-mart). 2016-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may.

Havolalar tahrir