Iroq milliy simfonik orkestri
Iroq milliy simfonik orkestori (arabcha: فرقة الأوركسترا السمفونية القومية العراقية) Iroq davlat orkestri. U asosan Yevropa klassik musiqasini va arab anʼanaviy musiqasiga asoslangan oʻzining kompozitsiyalarini ijro etadi. Bag'dodda joylashgan.
Tarixi
tahrirIroq milliy simfonik orkestri 1959-yilda tashkil etilgan bo'lib to'lovlarni Iroq hukumatidan qabul qila boshlagan. Biroq, bundan oldin, 1940-yillarning boshlarida. Iroqda bir nechta simfonik kontsertlar bo'lib o'tgan: 1941-yilda ulardan birini ossuriyalik bastakor va o'qituvchi Ханна Петрос[en], keyin 1944-1945 yillarda ingliz mustamlakachi qo'shinlarining harbiy dirijyori kapitan Albert Chaffo tomonidan bir qator konsertlar o'tkazildi 1940-yillarning ikkinchi yarmida Kamera konsertlarini Valter Jenke boshqargan. Iroq milliy orkestrining 50 yilligi 1991-yilda nishonlangan. 1963 yilda nemis dirijyori Xans Gyunter Mommer orkestr rahbari bo'lib, unga Iroq an'anaviy musiqalarini(mug'omlar) bir nechta aranjirovkalarni ijro etdi. 1966 yilda orkestr yopildi, bir muncha vaqt yashirincha faoliyat yuritib so'ngra 1960-1970 yillar oxirida qayta ishga tushirildi. Atoqli davlat arbobi va shoir Shafiq al-Kamoliy ishtirokida qayta tiklanib 1971 yilda unga yana Mommer rahbarlik qila boshladi. 1976 yilda orkestr SSSR bo'ylab gastrollarda bo'ldi, keyingi yillarda u Fransiya, Ispaniya, Livan va boshqa davlatlarda chiqishlar qildi. Unga ko'plab bosha xorijiy musiqachilar ham qo'shildi.
Saddam Husayn diktaturasining butunlay o'rnatilishi bilan orkestrning ko'plab a'zolari Iroqdan qochib ketib, yangi ish izlab turli xil mamlakatlarga sayohat qilishdi. 2003-yilda Bag'dod jangi bo'layotgan paytda orkestr binosi yoqib yuborildi. Shunga qaramay, INSO mamlakatda qoldi, Shimoliy Iroqda gastrol qildi va o'z safiga qo'shilish uchun yangi musiqachilarni to'play boshladi. O'sha yilning dekabr oyida u Vashingtondagi Kennedi markazida prezident Jorj Bush ishtirokida nutq so'zladi va muvaffaqiyatga erishdi. Hozirda orkestrga Karim Vasfi rahbarlik qilmoqda.
Tarkibi
tahrirIroq milliy simfonik orkestri tarkibi juda xilma-xil va turli-tumandir. Unda Shia musulmonlari, sunniylar, kurdlar, armanlar, ossuriylar, turkmanlar bor. Uning tarkibiga olti nafar ayol, shu jumladan bitta amerikalik ham kiradi.
Manbalar
tahrir- La Jolla Light gazetasi, 22 aprel, 2010 yil
- „INSO Monthly Newsletter, November, 2001“. 2018-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 2-oktyabr.
- „The Sweet Sound of Propaganda“. The Independent (2003-yil 12-dekabr). 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.
- Strings jurnali
- Colin Powell. „Remarks at Performance of Iraqi National Symphony Orchestra“ (2003-yil 9-dekabr). 2018-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.
- Phyllis McIntosh. „President Bush, Secretary Powell welcome Iraqi musicians to Kennedy Center“. Coalition Provisional Authority. 2008-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 4-oktyabr.
- Edward Wong. „World View Podcast“. New York Times (2006-yil 30-sentyabr). 2018-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-iyun. (audio)
- „Musical Mission“. PBS's The NewsHour with Jim Lehrer (2003-yil 10-dekabr). 2014-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-iyun. (video)
- „Iraq’s orchestra: The melody of life and death“. The Economist (2015-yil 16-may). 2017-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-may.
- Kennedi markazi kontsertidan CultureConnect fotosuratlari[sayt ishlamaydi] (mavjud havola)
- Milliy simfoniya/Iroq milliy simfonik orkestri qo'shma konserti, 2003 yil 9 dekabr, Metyu Guilford, AQSh Milliy simfoniyasi a'zosi
- Shirin, shirin ovoz... Aynan nima?: Iroq milliy simfonik orkestri Vashingtonga jo'naydi (Wayback Machine saytida 2018-06-22 sanasida arxivlangan) Anastasiya Tsiulkas tomonidan Архивная копия