Irravadiyalik delfin
Irravadiyalik delfin (lotincha: Orcaella brevirostris) — delfinlar oilasining Orcaella jinsiga mansub suvli sutemizuvchilar turi (Delphinidae)[1].
| |
Tashqi koʻrinish
tahrirDelfinlar oilasining boshqa vakillaridan farqli oʻlaroq, Irravadiya delfinlarining tumshugʻi yoʻq va boʻyni egiluvchan. Bu xususiyatning sababi boshning orqasida koʻrinadigan burmalardir. Boshi qavariq, peshonasi ogʻiz boʻylab kengayadi. Koʻkrak qanotlari keng va uchburchak shaklida. Dorsal qanotlari ham uchburchak shaklida boʻlib, ularning uzunligi butun tananing uzunligining uchdan ikki qismini tashkil qiladi. Rangi kulrang-koʻkdan koʻk-kulranggacha oʻzgaradi[2]. Tishlari tor, uchli, uzunligi taxminan 1 sm. Irravadiya delfinlarining ogʻirligi 114-143 kg, tana uzunligi 146-275 sm ni tashkil etadi[3]. Shuningdek, erkak delfinlarlar odatda kattaroq va uzunroq dorsal qanotlarga ega. Irravadiyalik delfinlarining oshqozoni boʻlinmalarga boʻlingan.
Yashash joyi
tahrirBu turdagi Delfinlar Hind okeanining Bengal koʻrfazidan Avstraliya shimoligacha boʻlgan qirgʻoq suvlarida yashaydilar[4].
Kambodjadagi delfinlar populyatsiyasi 2022-yilga kelib yoʻq boʻlib ketgan deb hisoblanadi[5].
Xulq-atvor
tahrirIrravadiya delfinlari 3-6 delfinlardan iborat guruhlarda yashaydi[6]. Ular bir guruhdan ikkinchisiga oʻtishlari mumkin. Shuni etib oʻtish kerakki, hududni oʻrganayotganda, delfinlar boshlarini suvdan koʻtarib, ularni oʻrab turgan hamma narsani koʻrish uchun aylanadilar. Ular juda sekin suzadilar. Irravadiya delfinlari paydo boʻlganda, havo yutish uchun boshning faqat yuqori qismini ochib beradi. Nafas olish juda tez amalga oshiriladi va shoʻngʻinlarning faqat 14 foizi chayqalishlar bilan amalga oshiriladi[7].
Yana qarang
tahrir- Avstraliyalik qirqburunli delfin
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.stena.ee/blog/iravadijskie-delfiny-svyaschennoe-i-ischezayuschee-zhivotnoe
- ↑ https://www.stena.ee/blog/iravadijskie-delfiny-svyaschennoe-i-ischezayuschee-zhivotnoe
- ↑ https://www.stena.ee/blog/iravadijskie-delfiny-svyaschennoe-i-ischezayuschee-zhivotnoe
- ↑ https://www.stena.ee/blog/iravadijskie-delfiny-svyaschennoe-i-ischezayuschee-zhivotnoe
- ↑ „The last dolphin in northeastern Cambodia freshwaters dies | CTV News“. 2022-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-fevral.
- ↑ https://www.stena.ee/blog/iravadijskie-delfiny-svyaschennoe-i-ischezayuschee-zhivotnoe
- ↑ https://www.stena.ee/blog/iravadijskie-delfiny-svyaschennoe-i-ischezayuschee-zhivotnoe