Isʼhoqxon Ibrat

Maʼrifatparvar, oʻzbek shoiri

Is’hoqxon Ibrat (1862-1937) — maʼrifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk oʻzbek matbuotchilaridan boʻlib, 1862-yilda Namangan yaqinidagi Toʻraqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Dastlabki maʼlumotni eski maktabda, soʻngra onasining qoʻlida oladi. Keyinroq Qoʻqonga borib madrasaga oʻqishga kiradi.

Isʼhoqxon Ibrat
Tavalludi 1862
Vafoti 1937
Fuqaroligi Qoʻqon xonligi, Rossiya Imperiyasi va SSSR
Isʼhoqxon Ibrat

Is’hoqxon Ibrat 1886-yilda madrasani tugatib, Toʻraqoʻrgʻonga qaytib keladi. U oʻz faoliyatini pedagog sifatida qishloqda maʼrifat tarqatish bilan boshladi. O’sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi. Qo‘qondagi Muhammad Siddiq Tunqotar madrasasida o‘qigan (1878—86). O‘z sheʼrlari („Tarixi choyxona“, „Madaniyat haqida masnaviy“, „Gazeta xususida“, „Qalam“)da mahalliy va chor amaldorlari kirdikorlarini fosh etgan („Ilmi Ibrat“, sheʼriy to‘plam, 1909). Ibrat arab, fors, hind, turk, o‘zbek va rus so‘zlaridan tarkib topgan „Lug‘at sitta as-sina“ („Olti tilli lug‘at“, T., 1901) tuzgan, bu asar o‘sha davr uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ibratning yozuvlar tarixiga oid „Jomeʼ ul-hutut“ („Xatlar majmui“, 1912) asarida lotin, yunon, xitoy, hind, arab, kirill yozuvining kelib chiqishi, rivojlanish tarixi haqida maʼlumot berilgan, ilmiy-tarixiy asarlari („Tarixi Farg‘ona“, 1916; „Tarixi madaniyat“, 1925; „Mezon uz-zamon“, 1926) esa Qo‘qon xonligining vujudga kelishidan to xx-asr 30-yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Ibrat „Turkiston viloyati gazeti“, „Sadoi Turkiston“, „Sadoi Farg‘ona“ gazetalariga yozgan maqolalarida fan, maʼrifat va madaniyatni targ‘ib etgan. 1937 yilda qatag‘on qurboni bo‘lgan. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 14-o‘rta maktab va Toshkentdagi bir ko‘chaga Ibrat nomi berilgan.

Is’hoqxon Ibrat 1887-yilda haj safariga otlanadi. Soʻng u Sharq mamlakatlari boʻylab sayohatni davom ettiradi. Yevropaning Istanbul, Sofiya, Afina, Rim kabi markaziy shaharlarida boʻldi, ancha vaqt Jidda shahrida istiqomat qiladi, Bombey va Kalkuttada yashaydi. Is’hoqxon u yerlarda koʻp ishlatiladigan arab, fors, hind va ingliz tillarini mukammal oʻrgandi. U 1896-yilda oʻz vataniga qaytib keldi. 1901-yilda „Lugʻati sitta as-sina“ asarini bosmadan chiqaradi. Mazkur lugʻat jadid maktablarida sharq va rus tillarini oʻrganishda birdan bir qoʻllanma sifatida foydalanib kelindi. Is'hoqxon Ibrat zamonaviy blimlarning faol targ'ibotchisi boʻlgan. U 1908-yilda o'z qishlog'i To'raqo'rg'onda bosmaxona ochishga ruxsat oladi. Ushbu bosmaxonada tipografiya va litografiya uskunalari boʻlgan va ular orqali arab, rus, lotin va ibroniy yozuvlari orqali matn yozish imkoni boʻlgan[1][2] Is’hoqxon Ibrat 1912-yilda yozuvlar tarixiga bagʻishlangan „Jomeʼ ul-xutut“Jome' ul xutut yozuvlar tarixiga oid muhim manba („Yozuvlar majmuasi“) asarini yaratdi va oʻz matbaasi „Matbaayi Is’hoqiya“da bosmadan chiqardi. Ibrat chin qalbdan oʻz xalqining ilmli, maʼrifatli boʻlishini istadi. Keyingi 20 yil ichida 14 ta ilmiy, tarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poetik ijodining majmuyi boʻlmish „Devoni Ibrat“ sheʼrlar toʻplamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid „Tarixi Fargʻona“, „Tarixi madaniyat“ va „Mezon uz-zamon“ ilmiy asarlarini yaratdi.

Ibratning soʻnggi yillardagi hayoti ancha tahlikali oʻtdi. 1935-yildan u hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937-yilning aprel oyida 75 yoshli keksa shoir va maʼrifatparvarni hibsga oladilar. Ibrat Andijon turmasida vafot etadi. Is’hoqxon Ibrat qabrining qayerdaligi nomaʼlum.


  1. Khalid A. Printing, Publishing, and Reform in Tsarist Central Asia. International Journal of Middle East Studies. 1994;26(2):187-200. doi:10.1017/S0020743800060207
  2. Olim Usmon, O'zbekistonda rus tilining ilk targhibotchilari (Tashkent, 1962)