Isabel MoreiraIsabel Moreira
Isabel Moria – (976-yil 2-aprel) Portugaliyalik huquqshunos, Sotsialistik partiyaning taniqli vakili hamda Respublika Assambleyasi aʼzosi.
Isabel Moreira | |
---|---|
Tavalludi |
2-aprel 1976-yil |
Ijod qilgan tillari | Portugal |
Fuqaroligi | Portugaliya |
Taʼlimi | Lissabon universiteti |
Faoliyat yillari | 1976-yildan hozirgacha |
Hayoti
tahrirIsabel de Lima Mayer Alves Moreira Braziliyaning Rio de Janeiro shahrida tugʻilgan. U oilada toʻrtinchi farzand. Otasi Adriano Moreira XX asrning oʻrtalarida Portugaliyaning nufuzli siyosatchisi boʻlgan hamda vazir lavozimida ham faoliyat koʻrsatgan. Onasi – Isabel Mónica Maia de Lima Mayer. Ular oilaviy 1974-yilda Rio de Janeiroga ikki yilga koʻchib oʻtishga majbur boʻldilar[1]. Chunki shu yili Chinnigullar inqilobi sabab mamlakatda hukumat agʻdarilishi boʻldi. Otasining lavozimi ham aynan shu siyosiy jarayonda oʻzgargan.
Taʼlimi
tahrirIsabel Moreira Opus Dei nomidagi maktabda taʼlim olgan. Oʻzining aytishicha, aynan shu maktabdagi taʼlimi uni dindan uzoqlashishiga sabab boʻlgan. Maktabdan keyin Lissabondagi Mira Rio kollejida taxsilni davom ettirdi. Keyinchalik huquq yoʻnalishiga qiziqshi sabab universitetda bakalavriat yoʻnalishida oʻqigan. Magistrantlik diplomini ham shu yoʻnalishda olgan.
Faoliyati
tahrirMoreira oʻzining ilk faoliyatini oʻzi taxsil olgan universitetda konstitutsiyaviy huquq yoʻnalishida dars berishdan boshlagan. Mana shu faoliyati davomida doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Keyinchalik jamoat huquqi sohasida advokat boʻlib ishlagan, xususan, Portugaliya Tashi ishlar vaziri Luís Amadoning yurudik masalalar bi’yicha maslahatchisi boʻlgan. Shuningdek, oʻz davlatidagi Agha Khan Foundation[1] jamiyatida faoliyat olib borgan[1][2][3][4].
Shaxsiy hayoti
tahrirIsabel Moreira 1997-yilda Tiago de Ayala Martins Barata bilan Sintrada turmush qurgan. Ular farzand koʻrishmagan. Keyinchalik esa ajrashishgan[1][2][3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Ser deputado. Tal pai, tal filha“. Diário de Notícias. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 „Isabel de Lima Mayer Alves Moreira“. Assembleia de República. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 „Isabel Moreira“. Expresso. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „BIOGRAFIA“. Porto Editora. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.