Isabelle Chartrand
Isabelle Chartrand (talaffuzi: Izobel Chartrand; 1978-yil 20-aprelda tugʻilgan) — kanadalik isteʼfodagi xokkey himoyachisi. Xokkey boʻyicha Kanada milliy terma jamoasi aʼzosi sifatida 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Olimpiya oltin medali va 2001-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Isabelle Chartrand | |||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
20-aprel 1978-yil Anjou, Quebec, Kanada | ||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 5 ft 5 in (165 cm) | ||||||||||||||||||||||||
Ogʻirligi | 135 lb (61 kg; 9 st 9 lb) | ||||||||||||||||||||||||
Pozitsiyasi | Himoya | ||||||||||||||||||||||||
Maydondagi joylashgan oʻrni | Chap | ||||||||||||||||||||||||
Oʻynagan jamoalari |
DEC Graz EHV Sabres Vienna HC Tornado St. Lawrence Saints Laval Le Mistral | ||||||||||||||||||||||||
Milliy jamoa | Kanada | ||||||||||||||||||||||||
Jamoalardagi faoliyat | 1995—2010 | ||||||||||||||||||||||||
Medallari va yutuqlari
|
Faoliyati
tahrirChartrand bolaligida ringet oʻynashni boshlagan, keyin xokkeyga oʻtgan. 16 yoshida Quebec jamoasi aʼzosi edi. 1995-yilgi Kanada qishki oʻyinlarida jamoasi bilan xokkey boʻyicha bronza medalni qoʻlga kiritdi[1]. Toʻrt yil oʻtgach, Esso milliy chempionatida Quebec jamoasi bilan oltin medalga sazovor boʻldi 1998—1999- va 1999—2000-yillarda Milliy ayollar xokkey ligasi vakili Laval Le Mistral bilan ikki mavsum oʻynadi.
NCAA
tahrir2002-yilgi Olimpiada oldidan Chartrand New Yorkning Canton shahridagi St. Lawrence universitetida tahsil olgandi. ECAC xokkey konferensiyasida St.Lorens Saints ayollar xokkey dasturining aʼzosi sifatida Chartrand 2001-yil 15-yanvarda haftaning eng yaxshi yangi oʻyinchisi deb topildi[2]. U St. Lawrence universitetidan Olimpiya oltin medaliga ega boʻlgan uchta sportchidan biri; qolganlari Ed Rimkus va Jina Kingsberi[3].
Xalqaro oʻyinlarda
tahrirChartrand 2002-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan[4]. Chartrand jamoaning eng yosh aʼzolaridan biri edi. 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Kanada jamoasi bilan final oʻyinida ikkita gol va golli uzatmani amalga oshirdi, jamoa oltin medalni qoʻlga kiritdi[5].
Bundan oldiin Kanada jamoasi bilan 2001-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medal olgan. Shuningdek, Kanada ayollar milliy xokkey jamoasi aʼzosi Chartrand 2002-yilda FIRS Inline xokkey boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Archived copy“. 2012-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktabr 2011-yil.
- ↑ Canadian Gold 2002, p. 116, Andrew Podnieks, Fenn Publishing Company Ltd, Bolton, Ontario, Canada, 2002
- ↑ „Archived copy“. 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-oktabr 2010-yil.
- ↑ Canadian Gold 2002, p. 116, Andrew Podnieks, Fenn Publishing Company Ltd, Bolton, Ontario, Canada, 2002
- ↑ Canadian Gold 2002, p. 115, Andrew Podnieks, Fenn Publishing Company Ltd, Bolton, Ontario, Canada, 2002