Ergash Musayevich Isamuhamedov (1909.31.12 - Toshkent - 1983.10.1) -geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1963), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960). Geologiya mineralogiya fanlari doktori (1953), professor (1954), Oʻrta Osiyo industrial institutining geololog fakultetini tugatgan (1935).

"Oʻzbekgeologiya" boshqarmasida geolog, geologiya-razvedka partiyasi boshligʻi (1940—42), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutining petrologiya boʻlimi mudiri, institut direktori (1943), metallar boʻlimi boshligʻi va petrologiya laboratoriya mudiri (1944—1951), Toshkent Davlat Universiteti geolologya fakultetining petrografiya va foydali qazilmalar kafedrasi mudiri (1952—1983). Isamuhammedovning ilmiy ishlari magmatik jinslar petrologiyasiga va ularning assimilyasiya jarayonida xrsil boʻlishiga bagʻishlangan. Isamuhammedovning bevosita ishtirokida "Dovtosh" marganets koni (Oʻzbekistonda) ochilgan.

Manbalar

tahrir
  • Petrologiya Nuratinskogo batolita, T., 1955; Magmatizm i nekotori voprosi metallogenii yugo-zapadnix otrogov Gis-sarskogo xrebta, T., 1962[1].




  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil