Isfana (Aspanakent) tarixi

Temirboy Yoqubov qalamiga mansub Isfana tarixi haqidagi kitob

„Isfana (Aspanakent) tarixi“tarix hamda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi Temirboy Yoqubov qalamiga mansub kitob. 2001-yil Isfana shahrida chop etilgan kitob. Asarda Qirgʻizistonda joylashga mazkur shahar tarixi koʻrib chiqilgan. „Isfana (Aspanekent) tarixi“ ushbu mavzuda chop etilgan ilk kitobdir.

Isfana (Aspanakent) tarixi
Muallif(lar) Temirboy Yoqubov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i tarix
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2001
Sahifalar soni 80

Kitob materiallarini toʻplashda Yoqubovga Qosimjon Qosimov koʻmaklashgan. Qosimov yana kitob qoʻlyozmasini tekshirib chiqqan. Asarni nashrga tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Nurullo Nishonov – texnik muharrir, Zafarjon Shafiyev – harf teruvchi, Jaloliddin Qosimov – homiy.

Kitob Laylak tumani administratsiyasining oʻsha paytdagi birinchi muovoni Isʼhoq Pozilovning 2000-yilning 1-avgustida imzolagan 280-sonli ruxsatnomasi asosida chop etilgan. Kitob adadi – 500 nusxa.

„Isfana (Aspanekent) tarixi“ uch yirik qismga boʻlingan. Birinchi boʻlimda Isfananing qadimgi tarixi haqida soʻz yuritiladi. Ikkinchi boʻlim Isfananing 20-asrdagi tarixi mavzusiga bagʻishlangan. Uchinchi boʻlimda esa Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan isfanaliklar haqida yozilgan. Kitob yakunida Isfana xalqi orasida keng tarqalgan afsona va rivoyatlar keltirilgan.