Yuna Izrailovich Ishoqov (1909. 30.12 — Toshkent — 1977.6.5) — iqtisodchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970), iqtisod fanlari doktori (1950), professor (1950). Oʻrta Osiyo plan-iktisod institutini tugatgan (1932). Shu institutda oʻqituvchi, 1934—44 yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti siyosiy iqtisod kafedrasi mudiri, Toshkent moliya-iqtisod institutida dotsentabr Angren t.n., Oʻzbekiston metallurgiya zavodi, Farhod GES qurilishlarida qatnashdi. 1944-yil dekabridan to umrining oxirigacha Toshkent politexnika instituti siyosiy iqtisod kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari mehnat unumdorligi, siyosiy iqtisod muammolariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil