Isiax (saxa.: Ыһыах) – Saxa Respublikasida qattiq qishdan keyin tabiatning qayta tugʻilishi, hayotning gʻalabasi, yangi yil boshlanishini nishonlab oʻtkazilinadigan festival. Mazkur tarixiy bayram har yilning 21-iyun sanasida, yozgi bayram yoxud tirilishi kuni sifatida nishonlanadi[2].

Isiax
Isiax
Isiax festivalining boshlanishi
Nishonlovchilar Yakutlar va Dolganlar
Ahamiyati Yangi yilning boshlanishi
Sana 21-iyun[1]
Qoidalari Festivallar, Ohuxay raqsi, oilaviy va boshqa ijtimoiy yigʻinlar, ramziy bezaklar
Bogʻliqligi Sabantuy

Nishonlanilishi

tahrir

Saxa xalqi Yangi yil bayramini yiliga ikki marta – qishda Rossiyaning qolgan fuqarolari bilan, yozda esa qadimgi anʼanalarga koʻra nishonlaydilar. Yakutiya – Rossiyaning eng katta hududini egallaydi. Bu yerda qishki harorat baʼzan −60 °C ga yetadi, yoz esa juda qisqa boʻlib, issiq kunlar atigi uch oy davom etadi. Shu sababli ham, bayram 10 dan 25-iyungacha boʻlgan davrda nishonlanadi.

Isiax bayrami (soʻzma-soʻz „moʻllik“ degan maʼnoni anglatadi) quyosh xudosi, unumdorlik timsoli bilan bogʻliq. Qadimda Saxa xalqi Yangi yilni Isiax festivalida nishonlagan. U ayollar va bolalarning daraxtlarni bezashlari va ustunlarni „salama“ (ot junidan qilingan arqonlarga osilgan toʻqqiz dasta ot yoli) bilan bogʻlash sigari urf-odatlarni oʻz ichiga oladi. Oq kiyim kiygan hududning eng keksa kishisi bayramni ochib beradi. U marosimni yerga qimiz sepib, olovga tikilib turish bilan boshlaydi. U Ai-ii ruhlarga qaram boʻlgan odamlarning farovonligi uchun ibodat qiladi va ruhlardan barcha yigʻilgan odamlar uchun duo qilishlarini soʻraydi.

Shundan soʻng, odamlar Ohuoxay qoʻshigʻini kuylaydilar va raqsga tushadilar, milliy raqslar oʻynaladi, milliy taomlardan tanovul qilinadi va qimiz (choroon) ichiladi.

Mustamlaka yillarida, anʼanaviy marosim deyarli unutilgan edi. Shunga qaramay, 21-asrda Saxa madaniyati, shu jumladan, Isiax bayramini nishonlash madaniyati qayta tiklangan. 1990-yilga qadar, Yakutskda birinchi Isiax tantanalari oʻtkazilgunga qadar, anʼanaviy tarzda aniq nishonlash holatlari faqatgina respublikaning bir nechta mintaqalaridagina amalga oshirilgan.

Ohuoxay raqsi

tahrir
 
Ohuoxay raqsi

Ohuoxay raqsining kelib chiqishi janubda yashab, chorvachilik bilan shugʻullangan, „quyoshga sigʻinuvchilar“ deb atagan saxa xalqi yashagan davrga borib taqaladi. Bu sanʼatning uchta shaklini birlashtirgan mahalliy raqs hisoblanadi. Ular: raqs, qoʻshiq va sheʼr. Saxacha „raqs“ soʻzi, Üngkü (Yҥkүү) üng (Үҥ, „sajda qilmoq“) feʼlidan kelib chiqqan.

Ohuoxay bir vaqtning oʻzida aylana turib raqs tushish va qoʻshiq kuylashni oʻzida jamlagan. Raqqosalar aylana boʻlib, qoʻltiqlashib yoki qoʻl qovushtirib, chap oyoqni oldinga qoʻygan holda raqsga tushadilar, shu bilan birga tanalari, oyoqlari va qoʻllari bilan ritmik, nafis harakatlar qiladilar. Qoʻshiqchi qoʻshiq matnini improvizatsiya asosida jarayon davomida kuylaydi, boshqa raqqosalar esa qoʻshiqqa mos tarzda raqsga tushadilar. Ohuoxayda asosiy kuylovchi solist nafaqat qoʻshiq aytishi, balki, eng muhimi, sheʼriy improvizatsiya uchun ham oʻziga xos isteʼdodga ega boʻlishi kerak. Bu hududda qoʻshiq kuylovchi yetakchilari milliy Isiax festivalida eng yaxshi sheʼriy ifoda, eng yaxshi qoʻshiq va eng katta doira singari yoʻnalishlarda gʻolib boʻlish uchun bellashadilar.

Ohuoxayning sheʼriy improvizatsiyasi saxa folklorining eng boy va eng qadimgi janrlaridan biridir.

Ohuoxay musiqasi marsh kuylaridan tortib, operalargacha boʻlgan koʻplab musiqa turlaridan tarkib topishi mumkin. Kilihax – bu vokal kord tebranishining maxsus qoʻshiq aytish texnikasidir. Ushbu uslub, „tomoq orqali kuylangan qoʻshiqlar“ boʻyicha mutaxassisga aylangan kuychilar tomonidan yuqori baholangan va noyob milliy saxa uslubini yaratishda qoʻllanilgan. Ohuoxay bayrami musiqa va xoreografiya sanʼatining rivojlanishida muhim rol oʻynaydi.

Mashhur xalq qoʻshiqchisi, shoir va bastakor, Suntarskiy viloyatilik Sergey Zverev harakatlarning ifodaliligiga koʻplab yangi elementlar qoʻshgan.

Yana qarang

tahrir
  • Quyosh raqsi, yoz oʻrtalarida oʻtkaziladigan hindularining muqaddas marosimi

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Didakticheskiy material „Nasionalno-regionalnyy komponent na urokax angliyskogo yazyka“ – Shamaeva M. I. , Semenova V. D. , Sitnikova N. V. , Yakutsk 1995 yil. („Ingliz tili darslarida milliy-mintaqaviy komponent“ didaktik materiali – Shamaeva M.I, Semenova V. D., Sitnikova NV, Yakutsk 1995.)