Isidor Abramovich Telishevskiy
Isidor Abramovich Telishevskiy (1910.16.12 Toshkent 1976.22.2) — dermatovenerolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974), tibbiyot fanlari doktori (1966), professor (1967). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1935). Oʻzbekistonda teri va tanosil kasalliklari ilmiy tadqiqot institutida kichik (1935—37) va katta (1937—43) ilmiy xodim, direktor (1943—47), Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti teri va tanosil kasalliklari kafedrasi dotsenti (1947—66), 1966-yildan mudiri va professor Ilmiy ishlari dermatozlarni davolashga oid. Teri kasalliklarini Chortok. mineral suvi bilan davolash ustida tadqiqot ishlari olib borgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |