Islamov Soxibjon Yaxshibekovich (1980-yil 11-martda Jizzax viloyati, Forish tumani) — qishloq xoʻjaligi fanlar doktori, professor.

Islamov Sohib Yaxshibekovich
Tavalludi 11-mart 1980-yil (1980-03-11) (44 yosh)
Jizzax viloyati , Forish tumani
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Pedagog
Taʼlimi Toshkent davlat agrar universiteti
Ilmiy darajasi Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Islamov Soxib Yaxshibekovich 1980-yil 11-mart kuni Jizzax viloyati, Forish tumanida tugʻilgan. 2003 yilda Toshkent davlat agrar universitetining „Meva va sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi“ mutaxassisligiga ega boʻlgan. Qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasi olish maqsadida „Oʻzbekistonning markaziy mintaqasida olmani klon payvandtaglarida koʻchat yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish“ mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2010 yil 27 maydagi 165/1-sonli bayonnomasiga asosan qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Mehnat faoliyati tahrir

Islamov Soxibjon Yaxshibekovich - 1997-2001-yillarda Andijon qishloq xoʻjalik instituti talabasi
2001-2003-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti magistri
2003-2008-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti „Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil etish“ kafedrasi assistenti
2011-2012- Toshkent davlat agrar universiteti „Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil etish“ kafedrasi dots.nt vazifasini bajaruvchi
2012-2014-yillarda – Toshkent davlat agrar universitetining „Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil etish“ kafedrasi mudiri
2014-2015-yillarda – Toshkent davlat agrar universitetining oʻquv uslubiy boshqarma boshligʻi
2015 −2022 -yillarda- Toshkent davlat agrar universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori
2022-yilda – hozirgi vaxtgacha Toshkent davlat agrar universiteti-Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektori[1]

Manbalar tahrir

  1. „Prof. Dr. Islamov Sohib Yaxshibekovich Haberleri“. www.medyaege.com.tr. Qaraldi: 5-aprel 2024-yil.