Ikrom Islomovich Islomov (1906.7.11 - Toshkent - 1975.12.4) - fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1943). Oʻzbekiston malaka oshirish institutini (1927), Moskva universitetini tugatgan (1933). U rta Osiyo universitetida kafedra mudiri (1936—37), Oʻzbekiston Davlat Universiteti rektori (1937—38), Oʻzbekiston XKS Fanlar komiteti raisi (1938—40), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—46). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida (1946—50), Geologiya institutida (1951—57) laboratoriya mudiri. 1968 yildan Yadro fizikasi institutida katta ilmiy xodim. Ilmiy ishlari spektral taxlil soha-siga oid. 1000 dan ortiq turli mineral va rudalarni spektroskopik taxlil qilib, geologlarning amaliy ishlariga yaqindan yordam bergan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir