Ismoil Ato
Ismoil Ato – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan turkistonlik tasavvuf shayxi. Xoja Ahmad Yassaviyning Ibrohim ota ismli ukasining oʻgʻli. Yuz yoshga yaqin umr koʻrgan. Olamdan oʻta turib, oʻn yetti farzand orasidan Isʼhoq otani oʻziga qoyimmaqom qilgan. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Alisher Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |