Ismoil Sattiyev
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Ismoil Sattiyev. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Ismoil Sattiyev“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • Sattiyev qaydlar • oʻchirish |
Ismoil Maxdum Sattiyev (1893, Yangiqo'rg'on tumani-1976, Toshkent) – Oʻrta Osiyo, Oʻzbekistondagi eng taniqli diniy arbob, mashhur muddaris, xushxat xattotlardan biri.[1]
Ismoil Sattiyev | |
---|---|
Ismoil Maxdum Sattiyev | |
Tavalludi |
1909 y Yangiqo'rg'on tumani |
Vafoti |
1976 y 22 yanvar Toshkent |
Fuqaroligi | O'ZSSR -O'zbekiston |
Kasbi | Diniy olim,muddaris va xattot |
Otasi | Mulla Satti Oxund o'g'li |
Onasi | Sharofatxon bibi |
Oilasi
tahrirOtalari Mulla Satti oxund Mulla Abduroziq Oxund oʻgʻli hozirgi Yangiqoʻrgʻon tumanining Sho’rkent qishlogʻidan chiqqan. Ancha yillar Namangan shahridagi Sharif hoji mahallasi va Xasti Xizr dahasidagi masjidlarda imomlik va maktabdorlik qilgan. 1927 yili vafot etgan.
Onalari Sharofatxon bibi (1873-1973)
Akalari Ibrohim maxdum 1890 yili Yangiqoʻrgʻon tumani Shoʻrkent qishlogʻida tavallud topgan. Arab, fors, turk tillarini mukammal egallagan. 1983 yilning 25 oktyabrida vafot qildi.
Ukalari Is’hoq Maxdum olim va jamoat arbobi boʻlgan. 1911 yili Namangan shahrida tavallud topgan. 1994 yili 15 iyunda Namangan shahrida vafot etgan.
Ukalari Habibulloh va Ubaydullohlar ham imli va taqvodor insonlar boʻlishgan.
Uch nafar: Hanifaxon, Havoxon va Mahmudaxon ismli singillari boʻlgan.
1930 yili birinchi ayoli Zaynabxon poshshaga uylangan. Mamnuna ismli qizlari boʻlgan. Zaynabxon vafotidan soʻng, Xadichaxonga uylanganlar. Hojiahmad ismli farzand koʻrishgan. Ammo tez orada ajrashib ketishgan.
Keyingi ayollari Saodatxon ayadan Abdullohxon, Muhammadxon, Mahmudxon, Karimaxon, Fotimaxon, Mahfuzaxon, Abdulatifxon, Xayrulloh ismli farzandlar tugʻildi.
Shayx Ismoil Maxdumning nabirasi, Abdulhamid Tursunov hozirda O’zbekiston musulmonlari idorasining xodimi boʻlib ishlamoqda.
Taʼlimi
tahrir13 yoshida Abdugʻafur qori Abdujalil oʻgʻli qoʻlida Qur’oni karimni toʻliq yod olgan. Namangandagi Mulla qirg’iz madrasasida Sobitxontoʻra Abulmaoniy va boshqa ustozlardan tahsil olgan, tafsir, hadis, fiqh ilmlarini puxta egallagan.
Faoliyati
tahrir1943 yilda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasini tashkil qilishda qatnashdi. Diniy nazoratning tashkiliy hay’atiga aʼzo etib tayinlanadi. 1946 yildan boshlab diniy idorada muhtasib, Buxorodagi Mir Arab madrasasi mudiri, 1957 yildan umri oxirigacha diniy idora raisi noibi va qozi vazifalarida ishladi. Ayni paytda u Imom
Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida hadis, fiqh, tafsir va nahv fanlaridan dars beradi (1971-1975). Hozirgi vaqtda shogirdlari, Oʻrta Osiyo mamlakatlari, Rossiya, Ozarbayjon davlatlarida xizmat qiladi.
Shayx Ismoil Maxdum arab, fors tillarini mukammal bilgan. Xattot va chiroyli husnixat sohibi boʻlgan.
Qur’oni karim, diniy taqvim, jurnal va kitoblar chop etish ishiga boshchilik qildilar. „Toshkentda Usmon mushafining tarixi“
kitobini arab tilida yozganlar, asar arab va oʻzbek tillarida chop etilgan. Bu asar 1995 yili Maxdumning oʻgʻli Abdulloh Ismoilov tomonidan nashr qilingan.
Shayx Ismoil Maxdum olti marta hojilarga bosh boʻlib, muborak haj safarlarini ado etganlar. [2]
Vafoti
tahrir1976 yili 22 yanvar kuni Toshkentda vafot etgan. Janozasini muftiy Shayx Ziyovuddinxon [3]ibn Eshon Boboxon oʻqigan. Qabrlari Namangandagi Mavlaviy qabristonida.
- ↑ Salohiddin Muhiddin. [www.islom.uz „bosh sahifa/ulamolar“] (2017-yil 15-noyabr).
- ↑ Ismatulloh Abdulloh. [www.ziyouz.com „Bosh sahifa/O'zbek ziyolilari“] (2015-yil 15-noyabr).
- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishdaurl=
parametrini belgilashingiz kerak. .