Ismoil Toʻlak (1947-yil, Andijon) — filologiya fanlari doktori, shoir, adabiyotshunos olim sifatida hozirgi oʻzbek adabiyoti rivojiga yoʻlida munosib hissasini qoʻshgan filolog olim[1][2].

Ismoil Toʻlak
Tavalludi 1947-yil
Xorabek qishlogʻi, Andijon viloyati
Vafoti 2003-yil
Fuqaroligi  UZB
Millati O'zbek
Sohasi shoir, tarjimon
Mashhur ishlari „To‘rg‘ay“
„Seni o‘ylab“
„Muhabbat shevasi“
Mukofotlari Filologiya fanlari doktori

Tarajimai hol tahrir

Ismoil Toʻlak 1947-yilda Andijon viloyatining Xonabek qishlogʻida tavallud topgan. Oʻrta taʼlimni Boʻtaqora qishlogʻidagi maktab-internatida olgan. Maktabni muvofaqqiyatli tamomlab, Andijon Davlat pedagogika institutida tahsil olgan.

1971-1995 yillarda oʻzi tahsil olgan oliy oʻquv yurtida hamda Andijon Davlat Tillar institutida dars bergan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazida mas’ul vazifada faoliyat yuritgan.

I.Toʻlak mumtoz adabiyot yoʻnalishida ham tarixiy siymolarini gavdalantirdi. Uning „Sogʻinch“ turkumi Bobur shaxsini, uning milliy tariximiz va madaniyatimizdagi oʻrnini xolis idroklash maqsad qilingan. Sarlavha ostida „Bobir ruhiyatiga ayrim chizgilar“ deya qayd etilgani, turkumdagi sheʼrlarning Bobur tilidan („ijroviy lirika“) ekanligi shu maqsad bilan izohlanadi.

Ismoil Toʻlakdan yaxshi nom, yaxshi shogirdlar va ma'naviy va ma'rifiy ilmiy nashrlar, risolalar qoldi. Ismoil Toʻlak 2003-yilda ogʻir xastalikdan soʻng 56 yoshida vafot etdi.

Ilmiy unvoni tahrir

Ismoil Toʻlak nafaqat shoir balki adabiyotshunos olim hamdir. Ilmiy faoliyatida u koʻplab izlanishlar olib borib, 1981-yilda nomzodlik dessertatsiyasi, 1994-yili esa „Hozirgi oʻzbek lirikasida davr va lirik qahramon talqini“ mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, filologiya fanlari doktori degan ilmiy darajaga ega boʻlgan.

Ijodi tahrir

  • „Seni o‘ylab“ (1977);
  • „To‘rg‘ay“ (1983);
  • „Kengliklar“ (1984);
  • „Yashil sabo“ (1989);
  • „Muhabbat shevasih“ (1995);
  • „Sog‘inch dovoni“ (1997);
  • „Saraton“ (1991) kabi bir necha sheʼriy majmualari yaratildi.

Mazkur toʻplamlar bir-birining davomi boʻlib, shoir aytmoqchi fikrlarni toʻldirib, boyitib keladi. Ularda shoir inson qalbi goʻzalliklari-yu, fojialarigacha chizishga intiladi. U chizgan ruhiyat manzaralarida inson maʼnaviyatidagi iymon, diyonat, burch, eʼtiqod masalalari yaqqol koʻzga tashlanadi[3].

Risolalari tahrir

U bundan tashqari:

  • „Nurli manzillar“ (1992);
  • „XX asr o‘zbek adabiyoti“ (1993);
  • „Sheʼr—qalb yolqini“ (1994) kabi ilmiy risolalari nashrdan chiqqan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir