Ismoil Ibodov
(Ismoil Yusupovich Ibodovdan yoʻnaltirildi)
Ismoil Yusupovich Ibodov (1927.25.10 - Andijon - 1998.1.5) - xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), tibbiyot fanlari doktori (1969), professor (1971). Toshkent tibbiyot akademiyasi (1953). Andijon viloyat kasalxonasi xirurgiya boʻlimida ordinator (1953— 58), Anjidon tibbiyot instituti umumiy xirurgiya kafedrasi assistenta, dotsenti, kafedra mudiri va professor (1958— 96). Ilmiy ishlari, asosan, meʼdaichak, jigar va buyrak kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolash masalalariga bagʻishlangan. Bolalarda siydik toshini olish operatsiyasida qovuqni yuqoridan kesib, bir qatorli chok solish usulini amalda joriy etgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |