Ismoilov Shukurulloh Habibulloh o'g'li (1976-yil 20-fevral, Urganch, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik fizik fanlari nomzodi, iqtisodiyot fanlari doktori (2016), professor (2020).

Ismoilov Shukurulloh Habibulloh o'g'li
Tavalludi 20-fevral 1976-yil (1976-02-20) (48 yosh)
Urganch, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fizik
Sohasi yadro fizikasi
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi fizika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Ismoilov Shukurulloh Xabibulla o‘g‘li 1976-yilda Xorazm viloyati, Urganch tumanida tug‘ilgan. 1998-yil Toshkent davlat universitetini tugatgan. Mutaxassisligi – fizik-o‘qituvchi. 01.04.07 – “Qattiq jismlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari nomzodi. Umumiy pedagogik staji 23 yil.

2005-yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning Urganch filialida turli lavozimlarda ish faoliyatini olib kelmoqda. 02.09.2020-yildan 29.12.2023-yilgacha Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida;

03.01.2024-yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali direktor lavozimida ishlab kelmoqda.

Sh.H.Ismoilov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 1 fundamental loyiha raxbari (2007-2010) va 1 ta Yosh olimlarni fundamental loyihalarini qo‘llab kuvvatlash jamg‘armasi loyihasi (2008-2009) raxbari, TATU da 1 ta  amaliy loyiha (2019-2020) va 1 ta fundamental loyiha (2019) ishtirokchisi sifatida qatnashgan. Yevropa ittifoqining TEMPUS va ERASMUS+ loyihalari ishtirokchisi.

Respublikamiz va horijiy mamlakatlar ilmiy-texnik jurnallarida 70 dan ortiq ilmiy maqolalari chop qilgan. 3 ta uslubiy ko‘rasatmalar muallifi.

2014-yil sentyabr - dekabr oylarida Janubiy Koreyaning Chung-Ang universitetida 4 oylik malaka oshirish kursini o‘tagan.

2016-yil yanvar – fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy metodik markazida 144 soatlik “Ta’lim tizimi menejmenti” qayta tayyorlash kursi;

2016-yil noyabr – dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy metodik markazida 352 soatlik “Boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish” kurslarini tugatgan.

Oilasi tahrir

Oilali. 3 nafar farzandi bor[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

Ismoilov Shukurulloh 2016-yilda iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini, 2019-yilda dotsent, 2020-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 6 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 45 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[2][3].

Manbalar tahrir

Andoza:OʻTOE